G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Download 75.49 Kb.
bet34/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
доривор

HULOSALAR
1. Ziyovuddin-Zirabuloq tog’lar Zarafshon tizma tog’larining g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, iqlimi, tuproqlari, relefi jihatida Zarafshon tizmasi tarkibidagi boshqa tog’lar farq qiladi. Shunga bog’liq holda bu tog’likning florasi va o’simliklar qoplami ham sezilarli darajada farqlanadi.
2. Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larida dorivor o’simliklarning 16 turi, em-xashak o’simliklarining 13 turi, 9 turi, vitaminli va ziravor o’simliklarining 14 turi, soponinli, zaharli, oshlovchi, efir moyli, manzarali va boshqa xususiyatli o’simliklarning 14 tur tarqalgan.
3. O’rganilgan o’simliklarni kimyoviy tarkibi va biologik xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar to’planib tahlil etildi. Keltirilgan jadvallarda bu o’simliklarning foydalaniladigan organlari to’liq va aniq qilib yoritib berildi.
4. O’rganilayotganxudud foydali o’simliklarining xozirgi holati tahlil etildi. Axoli tomonidan rejasiz foydalanilishi tufayli ayrim dorivor, oziq-ovqat, efir moyli va vitaminli o’simlik turlarining soni va areali anchagina qisqarib ketgan.
5. Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larida qochonlardir ko’p o’sgan rovochlar, piyozlar, na’matak, do’lana andiz, shirach juda foydali turlar hozirda juda kamayib ketgan. Bu o’simliklar saqlanib qolgan joylarni alohida muxofazaga olish lozim.


TAVSIYALAR
1. Ziyovuddin-Zirabuloq tog’larida nisbatan kengroq tarqalgan foydali o’simlik turlarini dorivor, oziq-ovqat va em-xashak sifatida reja asosida foydalanish mumkin.
2. Hududda soni va areali keskin qisqarib borayotgan ba’zi foydali o’simlik turlarini saqlab qolish uchun mahalliy aholi o’rtasida keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish, ayniqsa maktab, kasb-xunar kollejlari o’quvchi-yoshlari ongida tabiatni asrab-avaylash,uni kelajak avlodga etkazib berish, vatan parvarlik kabi g’oyalarni shakilantirish lozim.
3. Magistrlik dissertatsiyasidagi ma’lumotlardan biologiya va ekologiya yo’nalish ta’lim oluvchi talabalarga maxalliy o’simliklar, o’simliklar ekologiyasi va o’simliklar geografiyasi fanlarini o’tishda foydalanish mumkin.



Download 75.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling