G’arbiy zarafshon tog’larining foydali o’simliklari va ularning ba’zi biologik xususiyatlari


Download 75.49 Kb.
bet6/38
Sana29.04.2023
Hajmi75.49 Kb.
#1400138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
доривор

2.2. Тадқиқот объекти ва материали
Tadqiqot olib borilgan joy Zarafshon tog`larining g`arbiy qismi joylashgan Ziyovuddin-Zirabuloq tog`lari xisoblanadi. Akademik Q.Z.Zokirov tomonidan ishlab chiqilgan baland mintaqalaridan yuqori adir va tog`ga to’g’ri keladi.
Ziyovuddin-Zirabuloq tog`larida tarqalgan foydali o`simliklarni o’rganish uchun asosan to’plangan gerbariy materiallaridan va SamDU Botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafedrasi qoshidagi gerbariy materiallari asosidagi amalga oshirildi. Bundan tashqari yuksak o’simliklarni zamonaviyni tizimini o’rganishda «O`zbekiston yuksak o`simliklaring zamonaviy tizimi» (Пратов, Набиев, 2007) monografiyasidan 6 tomli «Флора Узбекистана» (1941-1962), 10 tomli «Опредилетель растений Средный Азии» (1968-1993), Q.H. Haydarov, Q.H. Hojimatovlarning “O`zbekiston o`simliklari” (1992) va X.X. Xolmatov, O`.P.Pratovlarning “Asoratsiz dori-darmonlar” (2009) ilmiy manbalardan foydalanildi.
Shu jumladan, Zarafshon havzasi o’simliklar dunyosi to’g’risidagi kapital asar hisoblangan 2 tomli «Флора и растительност бассейна реки Зерафшан» (Зокиров, 1955-1962) asari ham asosiy manbalardan bo’lib xizmat qildi.
Bundan tashqari o`simliklarni foydali xususiyatlarini turlar tarkibini o`rganishda va ularni ajratish Botanika va o`simliklar fiziologiyasi kafedrasini professor-o`qituvchilar prof. X.N. Normurodov, dots. E.S. Sulaymonov, dots. H.Q. Haydarovlarning qimmatli maslahatlaridan ham keng foydalandik.


  1. ЗИЁВУДДИН-ЗИРАБУЛОҚ ТОҒЛАРИНИНГ ФОЙДАЛИ ЎСИМЛИКЛАР ВА УЛАРНИНГ БИОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ





    1. Доривор ўсимликлар ва уларнинг биологик хусусиятлари

Inson va hayvonlar organizmida ro’y beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o’simliklardan tayyorlanayotgan dorilar salmoqli o’rin tutadi. Juda ko’pchilik dorivor o’simliklar dorixo-nalarda sotilmaydi, balki dori-darmonlar ishlab chiqarishdagi asosiy xom ashyo manbai xisoblanadi. Biz dori-darmon-lardan foydalanayotganimizda, ko’pincha ularni shifobaxsh o’simliklardan tayyorlanayotganini xayolimizga ham keltir-maymiz. Masalan: kardiovalen — yurak kasalliklarini davo­lashda qo’llaniladigan sifatli dorilardan bo’lib, u do’lana, asarun (valeriana), sariqgul (adonis) va boshqa bir qancha o’simlik turlaridan tayyorlanadigan murakkab birikmadir. Hozirgi vaqtda tibbiyotda ishlatiladigan 900 dan ortiqroq xil dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor o’simlik-larning mahsuli hisoblanadi. Yurak kasalliklarini davo­lashda foydalaniladigan dorilarning 77%, jigar va oshqozon-ichak yo’llarida uchraydigan kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74%, bachadon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilarning 80% shifobaxsh o’simliklardan tayyorlangandir.

MDH mamlakatlari florasida uch'raydigan 17500 tur yuksak sporali va gulli o’simliklarning tibbiyotda 70 oilaga mansub bo’lgan 247 turi qo’llanilmoqda. Hozirgi paytda tashlandiq, bo’z va cho’l yerlarning o’zlashtirilishi sababli, yovvoyi dorivor o’simliklarning turlari va boyliklari kamayib ketmoqda. Bundan tashqari, shifobaxsh o’simliklarning tabiiy boyliklarining hosildorligi har yilgi ob-havo sharoitiga bog’liq bo’lib ko’pincha barqaror emas.Shu tufayli, shifobaxsh o’simliklarning 50 turi madaniylashtirilgan holda ekilmoqda. S. S. Sahobiddinov ma’lumotlariga Qaraganda, O’rta Osiyo o’simliklar olamida dorivor o’simliklarning 413 turi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda foydalanilmoqda. H. H. Dolmatov va Z. Holmatov va Z.Habibovlarning ko’rsatishicha jumhuriyatimiz florasida dorivor o’simliklarning 577 turi aniqlangan Dorivor o’simliklarning shifobaxsh bo’lishi ular tarkibidagi kimyoviy moddalarning turli-tumanligiga va shu moddalarning inson yoki hayvon organizmida kasallik tug’diruvchi manbai (zamburug’, bakteriya va viruslariga ta’sir etish samaradorligiga bog’liqdir. Dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan dori-darmonlar organizmga ta’sir etish harakteriga qarab, tinchlantiradigan, uxlatadigan, og’riq qoldiradigan, qon ketishni to’xtatadigan, karaxt qiladigan, qo’zg’atadigan, darmonsizlantiradigan, quvvatlantiradigan, qayd qildiradigan, yaralarni bitiradigan va antibiotik singari grupparga bo’linadi.



Download 75.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling