Garvanik elamenlar elektr yurutuvchi kuchni kompanetlar aktivligiga bog’liqligi
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
Garvanik elamenlar elektr yurutuvchi kuchni kompanetlar aktivligiga bog’liqligi
Elektr yurituvchi kuch va elektroddagi jarayonlar
EYUK ni о`lchash
Potentsiometriya. pH ni potensiometrik aniqlash
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyasi hosil qiladigan, ya’ni kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan asboblar galvanik elementlar deyiladi.
Galvanik element tuzish uchun bir-biriga tegib turgan (yoki bir-biri bilan sifon orqali tutashtirilgan) ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, ularning uchlari tashqi zanjir orqali bir-biriga ulanadi. Ikkala elektrod birgina metalldan yasalgan bo’lishi ham mumkin, u holda bir elektrodni suyultirilgan eritmaga, ikkinchisini konsentrlangan eritmaga tushirib, konsentratsion galvanik element hosil qilinadi.
Volta mis va ruh plastinkalarini sulfat kislotaga tushirib, misni ruh bilan tutashtirilganda elektr toki hosil bo’ladi, elektr tokining bu manbai Volta elementi deb ataladi.
Volta elementining elektr yurituvchi kuchi dastlabki vaqtda taxminan 1 voltga yetadi. So’ngra, bu elementning musbat qutbi bo’lgan misda vodorod ajralib chiqishi (qutblanishi) sababli, uning elektr yurituvchi kuchi kamayib ketadi.
Galvanik elementga Yakobi-Daniel taklif qilgan element misol bo’la oladi. Bu element mis sulfat va ruh sulfat eritmalariga tushirilgan mis va ruh plastinalaridan iborat.
Galvanik elementlarda elektr tokining hosil bo’lish mohiyati quyidagicha: agar biror metall parchasi suvga botirilsa, metall ionlari suvning polyar molekulalariga tortilishi sababli eritmaga o’ta boshlaydi. Buning natijasida musbat ionlarining bir qismini yo’qotgan metall ortiqcha elektronlarga ega bo’lib qoladi va manfiy zaryadlanadi, eritma esa musbat zaryadlanadi.
Metallda hosil bo’lgan manfiy zaryad metalldan eritmaga o’tgan musbat ionlarni torta boshlaydi, sistema muvozanat holatga keladi. Vaqt birligi ichida metalldan necha ion eritmaga o’tsa, xuddi o’shancha ion eritmadan metallga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |