Gausning to’g’ri burchakli koordinatalari sistemasini tushuntiring?


Davlat geodezik tayanch shaxobchalari


Download 328.42 Kb.
bet3/4
Sana15.02.2023
Hajmi328.42 Kb.
#1200370
1   2   3   4
Bog'liq
Geodeziya

Davlat geodezik tayanch shaxobchalari mamlakatimizning istagan joyida bir-biriga bog‘lanmagan holda bir vaqtda yoki turli vaqtda plan olishga va geodezik o‘lchash ishlarini bajarishga, bu ishlarda ro‘y beradigan tasodifiy xatolar ta’sirini kamaytirishga, mazkur ishlarning qay darajada aniq bajarilganligini tekshirishga, shuningdek barcha geodezik o‘lchash ishlarini yagona koordinata sistemasiga birlashtirishga imkon beradi.
Maxalliy geodezik tayanch shaxobchalari 1:500 - 1 : 5 000 masshtabli topografik planlar olish uchun, hamda qurilish maydonlarida bajariladigan geodezik ishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Plan olish shaxobchalari barcha masshtabda planlar olish uchun bevosita asos bo‘lib hisoblanadi. Plan olish shaxobchalarini hosil qilish uchun teodolit yo‘li, menzula yo‘li, geometrik shaxobcha, to‘g‘ri va teskari kesiltirish usullaridan foydalaniladi.


Nivelirlash turlarini ayting?
Nuqtaning balandligini o‘lchash yoki nivelirlash yo‘li bilan er yuzidagi nuqtalarning bir-biriga yoki boshlang‘ich deb qabul qilingan sathiy yuzaga nisbatan balandligi aniqlanadi.
Qo‘llaniladigan usul va asboblarga qarab nivelirlash quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Geometrik nivelirlash.
2. Trigonometrik nivelirlash.
3. Barometrik nivelirlash.
4. Mexanik nivelirlash.
5. Gidrostatik nivelirlash.
6. Radio nivelirlash.
7. Stereofotogrammetrik nivelirlash.
Direksion burchak va rumb oralig’idagi bog’liqlikni tushuntiring?
Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi.

4.1-shakl

Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX – boshlang‘ich yo‘nalish. OS chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi a orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi.


Joydagi biror chiziq yo‘nalishini aniqlashda boshlang‘ich yo‘nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi orientirlash burchagiga – haqiqiy azimut, magnit meridian qabul qilinsa - magnit azimut, meridian o‘qi yoki unga parallel bo‘lgan chiziq qabul qilinsa direksion burchak deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang‘ich yo‘nalishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0° dan 360° gacha o‘lchanadi.

4.2-shakl

Ma -OS chizig‘ining magnit azimuti;


A -OS chizig‘ining haqiqiy azimuti.
a - OS chizig‘ining direksion burchagi.

Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan d ga farq qiladi. - Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi.


Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan g burchakka farq qiladi. Bu burchak - meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
Rumb – boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0° dan 90° gacha o‘zgaradi.
Rumb burchaklari qiymatining oldiga koordinata choragi nomi yoziladi. SHSHq, SHG‘, JSHq, JG‘.



4.3-shakl 4.4-shakl

Er yuzidagi har bir chiziqning to‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi bo‘ladi.


MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo‘nalishi direksion burchagi - aMN - to‘g‘ri direksion burchak;
N nuqtadan boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi aNM'- teskari direksion burchak.
To‘g‘ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180° ga farq qiladi. aNM'  aMN ± 180°.
Xuddi shunday rumb burchaklari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi; r – to‘g‘ri rumb burchak; r' - teskari rumb burchak; r va r' larni qiymatlari teng, faqat nomlari o‘zgaradi – SHSHq – JG‘ bo‘ladi. JG‘ - SHSHq - bo‘ladi.
O‘lchash xatoliklari turlari.
O‘lchash natijalaridan foydalanishdan oldin ob’ektning qanchalik aniq o‘lchanganligini bilish kerak. O‘lchash aniqligiga baho berish uchun o‘lchash paytidagi xatoga nima sabab bo‘lishini bilish zarur. Bu masalalar bilan o‘lchash xatosi nazariyasi shug‘ullanadi. O‘lchash xatolari kelib chiqish sabablariga ko‘ra qo‘pol, sistematik va tasodifiy xatolarga bo‘linadi.

Download 328.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling