Gay Yuliy Sezardir. (mil o. 100-44 y). Yirik sarkarda, zamonasining notig‘i, yozuvchisi hamdir. Undan «Galliya urushi xotiralari»


Download 19.76 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1379892
  1   2   3
Bog'liq
Eneida haqida


Rimda tarixshunoslik er.av. II asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Bu paytda ijod qilgan eng birinchi tarixshunos Gay Yuliy Sezardir. (mil.o. 100-44 y). Yirik sarkarda, zamonasining notig‘i, yozuvchisi hamdir. Undan «Galliya urushi xotiralari», «Grajdan urishi xotiralari» degan yirik memuar asarlar bizgacha yetib kelgan. Bu asarlar qahramonni yozuvchining o‘zidir. «Bu urushni men emas, balki Rim halqining dushmanlari boshlagan» Respublikaning tinchligini istayman» degan edi uning o‘zi. Bu asr tilining sofligi, ravshanligi va benuqsonligi bilan til o‘rganish uchun noyob qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.


Ichki urushlarni to‘xtatish, o‘rtoqlariga ko‘mak berish maqsadida Epikur falsafasini targ‘ib qilgan mutaffakir shoir Tit Lukretsiy Kar. «Buyumlar hislati» asarining muallifidir. Shoir haqida ma'lumotlar deyarli yo‘q. Bu asar Epikur falsafasining lotin tilidagi she'riy bayonidan iboratdir. Lukretsiy bu asarda dunyoning tuzilishi haqidagi nazariyaga to‘xtaladi. Uning « Buyumlar xislati» dostoni 6 bobdan iborat. Uning ushbu ajoyib, serqirra, buyuk asari jahon adabiyotining nodir durdonasi hisoblanadi. Respublika tuzumining mag‘lubiyatga uchrashini sezgan tarafdorlar o‘zlarini siyosiy ishlardan chetga ola boshladi. Bu loqaydliklar natijasida jamiyatning oliy tabaqalari o‘rtasida san'at va adabiyotdan ovunchoq axtarish kuchaydi. Bu kayfiyat maxsus oqimni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu oqim noteriklar, ya'ni shoirlar deb atala boshlandi. Oqim miloddan av. I asrda vujudga kelgan. Shu oqim tarafdorlaridan eng mashxuri – Gay Valeriy Katulldir. (Mil.avv. 87-54). Katul asarlarida noterikning barcha xususiyatlari bayon qilingan. U. «Berenikaning kokili», «Attis» kabi she'rlarni yozgan. Katullning ko‘p she'rlari Klavdiya degan ayolga bag‘ishlanadi. Uning she'rlari sevgining shodligi bilan yangraydi. U ma'shuqasini Lesbiya deb ataydi. Lekin bir umr Katullga sevinch nasib qilmaydi. Katull ijodiga xos bo‘lgan she'riy vaznlar, soddalik, misralarning ravonligi, yengil yumorlar shoir asarlarida berilgan.


Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling