Gay Yuliy Sezardir. (mil o. 100-44 y). Yirik sarkarda, zamonasining notig‘i, yozuvchisi hamdir. Undan «Galliya urushi xotiralari»


Mil.av. 31 yilda Rim tarixida yangi – davr yakka hukmdorlik davri boshlandi


Download 19.76 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1379892
1   2   3
Bog'liq
Eneida haqida

Mil.av. 31 yilda Rim tarixida yangi – davr yakka hukmdorlik davri boshlandi. Oktavian Avgust tomonidan joriy etilgan yangi idora usuli Rim quldolarini harbiy diktatura asosida jipslashtirdi. Oktavian barcha idora ishlarini o‘z qo‘liga olmaydi, o‘zini yangi grajdanin deb atash bilan qanoatlanib qoladi. U juda ehtiyotkorlik bilan ish qiladi. Unga haykallar o‘rnatildi, unvonlar berildi. «Avgust» nomi ham (maqaddas ma'buda) uni ulug‘layotgandek bo‘lardi. U oilalarga, urf-odatlarga katta e'tibor beradi. Biroq shu davrda adabiyotning bir muncha turlari susayib, keyinchalik umuman yo‘qolib ketdi. Dramuturgiya Avgust zamonasida deyarli rivojlanmadi.


VERGILIY
VERGILIY (Vergilius) Maron Publiy (mil. av. 70. 15. 10-19.21.9) – Rim shoiri. Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. «Bukolikalar» («Choʻpon qoʻshiqlari»; mil. av. 42—38) va «Georgikalar» («Dehqonchilik haqida doston»; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur «Eneida» dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari «Iliada» va «Odisseya»ga taqpidan yozilgan, unda Qad. Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida nashr qilingan (1939).

Vergiliy (m.o. 70 y) Rimning eng ulug‘ shoiri Publiy Vergiliy 
Maron miloddan oldingi 70 yilda Italiyaning shimolidagi Mantuya 
shahri atrofida tug‘ilgan. Vergiliy oldin Kremonda, keyinchalik Mi-
lan, Rim shaharlarida tahsil oladi; ritorika , falsafa bilimlarini, ay-
niqsa adabiyotni chuqur o‘rganadi. Birq tabiatan yumshoqligi, uy-
atchanligi, notiqlikka qiziqishi va iste’dodining yo‘qligidan faqat bir 
marta sud ishida qatnashib, tez orada o‘z yuritiga qaytib ketadi, bu 
yerda dehqonchilik qiladi va adabiyot bilan shug‘ullanadi. 41 yilda 
Oktavian Avgust o‘zining qo‘shinini Italiyaning shimoliga joylashti-
radi, Vergiliyning mansabdor muxlislari uni imperator bilan tanishti-
radilar. Shoir Avgust saltanatiga chuqur samimiyat va xayrixohlik 
bilan qaragan va o‘z asarlarida Avgust saltanatini kuylovchi, uning 
ishlarini tarannum etuvchi ulug‘ saroy shoiri darajasiga ko‘tariladi.



Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling