Gay Yuliy Sezardir. (mil o. 100-44 y). Yirik sarkarda, zamonasining notig‘i, yozuvchisi hamdir. Undan «Galliya urushi xotiralari»


Download 19.76 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi19.76 Kb.
#1379892
1   2   3
Bog'liq
Eneida haqida

Publiy Vergiliy Maron mil.av. 70 yilda Italiyaning Montuya shahrida tug‘ilgan. U Kremonda, Milan va Rim shaharlarida tahsil oladi. Ritorika, falsafa, adabiyotni o‘rganadi. Vergiliy uchta asar yozgan: «Bukolikalar» (Cho‘pon she'rlari), «Georgikalar» (dehqonlar she'ri), «Eneida dostoni». Vergiliy «Chivin va kris» to‘plamlarini ham yozgan degan fikrlar bor.

«Bukolikalar» ning mazmuni, mavzusi, obrazlarini aksariyat hollarda Feokrit ideologiyasidan foydalangan. Uning qahramonlari o‘rmonzorlarda, o‘tloqlarda, chashmaning bo‘ylarida yashovchi oddiy odamlardir. Ular o‘z hayotlarini rohat-farog‘atda o‘tkazadilar. Feokrit ideoligiyasida cho‘ponlar betashvish hayot kechirgan bo‘lsalar, Vergiliy cho‘ponlari hayotiga kulfat va musibat aralashib turadi. Masalan, 1 va 3 eklogalarda o‘z hayotlaridan noliydilar (Avgust tomonidan Vergiliyning yer-mulki musodara qilingan). Eng mashhur ekloga IV eklogadir. Bunda shoir tez orada butun dunyoni o‘ziga bo‘ysindiruvchi bola dunyoga kelishi haqida yozadi. (Xristian dini, Iso). Uning sharofati bilan urushlar tugaydi, odamlar, hayvonlar o‘rtasida oqillik qaror topadi. Bukolikaning asosiy g‘oyasi dehqonchilikni ulug‘lash, oddiy qishloq hayotini madh etishdan iborat. «Georgikalar» (Dehqon qo‘shiqlari) 4 qismdan iborat bo‘lib, 1-qism- g‘allachilik, II-qism – bog‘dorchilik, tokchilik, III qism – chorvachilik, IV- qism- asalarichilikka bag‘ishlangan. Asar davomida shoir Avgustning nomini bir necha bor esga oladi, uning g‘alabalari, oliy fazilatlari ulug‘lanadi. Asar yozishda Gesiod ijodidan sezilarli foydalanilgan («Mehnat va kunlar»).
Shoir «Eneida» dostoni ustida o‘n yil ishlagan, lekin oxiriga yetkaza olmagan. Avgust topshirig‘i bilan taxrir qilingan. 12 bob va xotimadan iborat ushbu asarda Eney va uning hamrohlarining sarguzashtlari hikoya qilingan.
Vergiliyning zamondoshi va do‘sti Kvint Goratsiy Flakk mil.av. 65 y.Italiyaning Vinuziya shahrida tug‘ilgan. Goratsiy Metsenant bilan tanishib, ular o‘rtasidagi munosabat uni saroy doiralariga yaqinlashtiradi. Goratsiy asarlari: 1. «Epiodlar» deb ataluvchi 17 she'rdan iborat 2 ta to‘plam. 2. «Qasidalar» ; 103 she'r, 4 ta to‘plam. 3. «Nomalar» 23 she'r , 2 to‘plam. 4. «Satiralar» 18 she'r, 2 to‘plam. 5. «Bayram gimni» she'ri. Bu she'rlarning barchasi siyosiy, ijtimoiy va hayotiy masalalarga bag‘ishlangan.

Avgust asri Rim adabiyotining xronologiyasi Yuliy TSezar’ vafotidan (mil..av.gi 44 yil) Oktavian Avgust vafotigacha (mil.iy 14 yil) bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr Rim siyosiy tarixida yangi davlat qurilmasi – Avgust printsipiatining o`rnatilishi va mustahkamlanishi davridir. Printsipiat davrida respublika muassasalari saqlanib qoldi, biroq ular o`z ahamiyatini yo`qotdi. CHunki senatda Oktavian tarafdorlari asosiy ko`pchilikni tashkil etar, uning o`zi esa senat ro`yxatining 1 – raqamida (printsips) qayd etilgandi. Bundan tashqari, Oktavian imperator unvonini olgan, yana bir qator unvonlar bilan birga senat tomonidan “Avgust” (ma`budvash) deb elon qilingan. Keyinchalik Oktavian Avgustni “xalq otasi” deb ham ulug’lay boshlashadi. SHu tariqa respublika tashqaridangina saqlab qolingani holda amalda monarxik davlat o`rnatilgandi. Oktavian xokimiyati armiyaga tayanardi senatda respublika kayfiyatidagi unga muxolif aristokratiya mavjud edi. Mana shunga muvofiq tarzda adabiyotda ham ikki oqim yuzaga keladi. 1. Rasmiy, Avgust siyosatini yoqlovchi oqim. 2. Unga muxolifotda turuvchi oqim. Printsipiatning rasmiy mafkurasiga yaqin turgan shoirlar asosan Oktavian Avgustning yaqin safdoshi Metsenat to`garagiga birikkan edi. Uning asosiy vakillari esa Vergiliy va Horatsiylardir. Rimning rasmiy siyosatiga muxolifotdagi adabiy kuchlar orasida esa Tibull, Proportsiy va Ovidiylarni keltirish mumkin. Biz quyida ularning eng muhimlariga to`xtalib o`tamiz.

Publiy Vergiliy Maron (mil..av.gi 70 – 19 yillar) 3 ta yirik asar yaratgan bo`lib, bular “Bukolikalar” she`rlar majmuasi, “Georgikalar” didaktik dostoni va “Eneida” epik dostonlaridir. “Bukolikalar” yoki “CHo`pon she`rlari” 10 ta eklogadan iborat bo`lib, ularda Vergiliy Yunon shoiri Feokrit (mil..av.gi III asr)ning cho`pon idilliyalariga ergashadi. “Georgikalar” yoki “Dehqonchilik haqida” asari esa 4 ta kitobdan iborat. Ulardan dastlabkisi g’allakorlik, ikkinchisi bog’dorchilik va tokchilik, uchinchisi chorvachilik, to`rtinchisi esa asalarichilik haqida bahs yuritadi. Asarda Vergiliy insoniyat taraqqiyotida mehnatning roli haqidagi kontseptsiyasini ifodalaydi va shu munosabat bilan uning asosiy tezisini “Mehnat har narsadan g’olibdir”, deb belgilaydi. Vergiliyning eng yirik asari uning “Eneida” dostonidir. Bu asar Troya pahlavoni eney sarguzashtlariga bag’ishlanadi. Yunon ma`budlari amriga ko`ra u Troya halokatidan so`ng omon qolishi, Italiyaga kelib, bu erda Rim davlatiga asos solishi lozim edi.

“Eneida” dostoni har biri 6 bobdan iborat bo`lgan ikki qismga bo`linadi. Ulardan dastlabkisida eneyning Troyadan chiqib Italiyaga etib kelgunga qadar boshdan kechirgan sarguzashtlari hikoya qilinadi. Keyingi qismda esa uning Italiya tuprog’ida olib borgan janglari haqida gap boradi. Umummilliy epos yaratishni niyat qilgan Vergiliy o`z maqsadini oxiriga etkaza olmagan ko`rinadi. CHunki, u eneyning Laviniyaga uylanishi, undan Iulning tug’ilishi, Iul naslidan bo`lgan Romul va Rem tomonidan esa Rimning barpo etilishi va nihoyat Rim podshohlarining tarqalishi haqidagi afsonalar ham o`rin olishi kerak edi.

“Eneida”ning bosh g’oyasi Rimning ulug’ligini, Oktavianning ma`budvashligini madh etishdan iboratdir.
Download 19.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling