G‘azallar «Jamoling vasfini…»


Download 39.38 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi39.38 Kb.
#1471661
1   2   3   4
Bog'liq
ATOIY

«Netti, ne bo‘ldi»

Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?


Vey tishlari dur-u guharim6, netti, ne bo‘ldi?

Ko‘nglum kuyarindin sanga men pand berurmen,


Ey marhami jon-u jigarim, netti, ne bo‘ldi?

Sen bor ekan o‘zga kishiga nazar etsam,


Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?

Gah javr ila o‘ltur meni, gah noz ila, sendin


Haqqoki mening yo‘q guzarim, netti, ne bo‘ldi?

Ey lu’bati Shirin, seni Farhod mengizlik,


Olamg‘a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi?

Umrumni sening qullug‘ungg‘a sarf qilibmen,


Ey o‘z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?

Bir zarra chuchuk so‘zni Atoiydin ayarsen,


E lablari shahd-u shakarim, netti, ne bo‘ldi?

«Ko‘ngulni olg‘ali…»

Ko‘ngulni olg‘ali zulfung kamandi,


Parishon bo‘ldi g‘amdin band-bandi.

Necha daf’i xumor etmas, ko‘rungkim,


Labi la’lingdadur ma’juni qandi.

Muloyimdur bo‘yung madhin o‘qurda,


Maqomi «Rost» ohanggi balandi,

Manga darmon hamin bas5 buki derlar.


Seningdek marhami jon dardmandi,

Ne nisbat sarv-la qadding bilankim,


Erur ul bog‘bonlarning lavandi.

Angakim, ishq holi bo‘ldi g‘olib,


Asar qilmas nasihatgo‘y pandi,

Atoiy she’rining lutfini bilsa,


«Latofatnoma»din kechgay Xo‘jandiy.

«Qon bo‘ldi ko‘ngul»

Qon bo‘ldi ko‘ngul firoqi birla,


Kuydi jonim ishtiyoqi birla.

Zulfung cheriki jamol mulkin


Oldi ko‘zung ittifoqi birla.

G‘uncha sevunub to‘nig‘a sig‘mas,


O‘xshatmas o‘qung bashoqi birla.

Majlisda chog‘irdin el usursa,


Men jomi jamoli soqi birla.

To‘squ tilamakka haddimiz yo‘q,


Sog‘in bore davr oyoqi birla.

Ishqinda qaro boshim oqardi,


Bir boqmadi ko‘z qaroqi birla.

Ko‘z o‘ynatib uttilar ko‘ngulni,


Ikki qoshi juft-u toqi birla.

Oshiqqa jafo qilding, valekin


Asr-u dag‘i yo‘q, yiroqi birla.
Xo‘blardin Atoiy lutf istar,
Xonlarg‘a ne ish yasoqi birla.

«Ey, begim»

Ey, begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmudur?


Ey, begim, ushbu so‘z degul, shahd bila shakarmudur.

Ko‘z uchidin qiyo-qiyo sheva bila boqishlaring,


Jon tamurin qiyor uchun tig‘mu yo nazarmudur?

Bodi saboki, kelturur jong‘a soching nasimini,


Shahri Saboning elchisi hudhudi xushxabarmudur?

Zulfi muanbaringkim, ul ko‘zdin uchar uzun kecha,


Sarvi sihining6 ustida zog‘-u abiri tarmudur?

Zori-yu nola kam qilay, rost ayt, ey posbon,


Itlaringa bu noladin har kecha dardisarmudur?

La’li labing xayolidin bir guzar aylayin dedim,


Joni azizdin, vale odamig‘a guzarmudur?

So‘rsang Atoiy holidin netti, ey podshohi husn,


Lutf-u karam gadoyig‘a tengri uchun, zararmudur?

«Ul sanamkim»

Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur,


G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur.

To magarkim, Salsabil obina javlone qila,


Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.

Ul ilikkim suvdin orig‘tur, yumas oni suda,


Balki suvni pok bo‘lsun deb ilik birla yuyur.

Emdi bildim rost ermish, balki ko‘rdim ko‘z bila,


Ulki derlar, suv qizi goh-goh ko‘zga korinur.

Qoshlaring yosin Atoiy ko‘rgali husn ichra toq,


Subhidam6 mehroblarda surayi Yosin o‘qur.


Download 39.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling