G‘azallar «Jamoling vasfini…»


Download 39.38 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi39.38 Kb.
#1471661
1   2   3   4
Bog'liq
ATOIY

Labing qonim to‘karga…

Labing qonim to‘karga tashnalabtur,


Dami Iso-yu o‘lturmak ajabtur.

Ko‘tarmak boshni ahbub eshikindin


Muhabbat bobida tarki adabtur.

Meni o‘ltur, vale quvma qoshingdin


Kim, enchu qulni quvmoq besababtur.

Manga vasling qachon yetsun, bilurmen,


Vale oshiq ishi sa’y-u talabtur.
Atoiy qulg‘a bir lutf aylamassen,
Xulagu o‘g‘li, muncha ne g‘azabtur?!

Sipehri husn ichinda

Sipehri husn ichinda moh, sen-sen,


Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen-sen.

Tabassum qilsa la’ling jon bag‘ishlar,


Magar Isoyi Ruhulloh, sen-sen.

Agar hur-u pari bo‘lsa kerakmas,


Manga, ey jon, bu kun dilxoh, sen-sen.

Bu oq evda qaro ko‘zlar base bor,


Va lekin fitnayi xirgoh, sen-sen.

Tiriklik hosili, ey yor, dardi,


Gar o‘lsam anda ham hamroh, sen-sen.

Ko‘ngul dardig‘a bir darmon qil emdi,


Chu jonim dardidin ogoh, sen-sen.

Atoiy ul yuzi gul hasratinda,


Tikon bag‘rinda rangi koh, sen-sen.

Seni men ongladim

Seni men ongladim, bevafo emishtuksen,


Ko‘ngulga ofat-u jong‘a balo emishtuksen.

Bu muncha jonlar olib, to‘ymading xaloyiqdin,


Ey husn bobi, ne ko‘zi qaro emushtuksen.

Azalda ne gunah etting ko‘ngilki, xo‘blardin,


Bu muncha mehnat-u g‘amga sazo emishtuksen.

Gahiki, bossa oyog‘in yuzumga, noz ila der:


«Ayog‘im og‘ridi, ne bo‘ryo emishtuksen!»

Yuziga ko‘p tika boqsam, manga kulub aytur:


Atoiy, ne ko‘zi to‘ymas gado emishtuksen!

«Mengiz yo ravzai rizvonmudur bu»

Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu?


Og‘iz yo g‘unchayi xandonmudur bu?

Qaroqchi ko‘zlarin kim ko‘rsa aytur:


«Ajab ayyori Turkistonmudur bu?»

Chiqar har lahza yuz ming sheva birla,


Maloyik xo‘yluq insonmudur bu?

Jahonni tutti Yusufdek jamoli,


Malohat Misrida sultonmudur bu?
Xatikim, safha gul uzra ko‘runur,
G‘ubori xatmu yo rayhonmudur bu?

Mudavvar go‘yi siymin, yo zanahdon?


Muanbar zulf yo chavgonmudur bu?

Atoiyni ko‘rub ko‘yinda aytur:


«Hamul miskini sargardonmudur bu»?



Download 39.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling