Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


 Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

1.1.2. Quyultiruvchilarning sinflanishi va ularning xususiyatlari 

    Quyultiruvchi  -  bu  ko’p  komponentli  dispers  sistema  yoki  suvda 

eruvchan tabiiy yoki kimyoviy polimerlar  – quyultiruvchilar va yordamchi 

moddalar  eritmasi  bo’lib,  u  bo’yovchi  modda  bilan  cheksiz  aralashib, 

turg’un gul bosish bo’yog’i hosil qiladi. 

    Gul  bosish  uchun  ishlatiladigan  quyultiruvchilar  quyidagi  talablarni 

qanoatlantirishi lozim:  

-  mato yuzasiga ravon o’tish,  

-  gul chegara chiziqlarining aniqligi,  

-  gul  bosish  validagi  naqshlarni  yaxshi  ho’llash,  unda  ushlanib  qolish  va 

gul bosish jarayonining turli sharoitlariga chidamlilik;  

-  ikki va undan ortiq bo’yoqning o’zaro tez aralashishi; 




 

 

 



16 

-  mato yuzasidagi bo’yoq plyonkasining bo’kuvchanligi;  

-  oson yuviluvchanlik, rangning ravonligi,  

-  bo’yovchi modda bilan kimyoviy bog’lanmaslik. 

   Quyultiruvchilar  polimer  materiallarning  chin  yoki  kolloid  eritmalari 

bo’lib,  makromolekulalar  eritmada  o’zaro  ta’sirlashadi  va  ichki  fazoviy 

struktura hosil qiladi.     

    Texnik xossalari, bu: 

-  gul bosish ravonligi,  

-  gul chegara chiziqlarining aniqligi,  

-  bo’yoqning mato qatlamiga kirishish chuqurligi,  

-  bo’yoqning naqshband o’ymalaridan matoga o’tish qobiliyati,  

-  rang to’qligi,  

-  bo’yovchi moddaning bog’lanish darajasi. 

    Fizik  xossalari  quyultiruvchining  ichki  fazoviy  strukturasining  

saqlangan holatidagi xossalari- mexanik va oqish paytida dastlabki qurilma 

bo’laklarining  parchalanishdagi xossalari – reologik xossalaridan iboratdir. 

Gul bosish sifati bo’yoqning texnik va fizik xossalari orasidagi bog’liqlikni  

to’g’ri  topishni  taqozo  qiladi.  Gul  chegara  chizig’ning  yoyilib  ketishi 

bo’yoq qovushqoqligining susayishi tufayli ro’y beradi.   Bu hodisa esa o’z 

navbatida  bo’yoq  ichki  strukturasining  mexanik  ta’sir  ostida  buzilishiga 

bog’liqdir.  Tashqi  ta’sir  olingandan  so’ng    bo’yoqning  o’z    xossalarini 

tiklay  olish  qobiliyati  uning  tiksotropligi  deyiladi.  Gul  bosishda  faqat 

tiksotropik  xossasiga  ega  bo’lgan  quyultiruvchigina  ishlatiladi.  Bo’yoq 

tarkibiga  bo’yovchi  modda  va  quyultiruvchidan  tashqari    yordamchi 

moddalar  ham kiradi.  

Kraxmalni 

etirifikatsiyalash 

natijasida 

suvda 


eruvchan 

karboksimetilkraxmal  (KMK)  olinadi.  KMK    yuqori  quyuqlash 

qobiliyatiga  ega,    uzoq  saqlasa  bo’ladi,  lekin  kraxmaldan  2-3  marta 

qimmat.  Sellyuloza    efirlari  ichida  karboksimetilsellyuloza  (KMS)  natriyli 

tuz  holida  ishlatiladi,  u  yuqori  quyuqlash  qobiliyatiga  ega,  sovuq  suvda 



 

 

 



17 

yaxshi  eriydi,  50

0

C  dan  yuqorida  eruvchanligi  susayadi.  Kamedlar  ichida 



tragant ko’proq ishlatiladi, chunki unda yaxshi quyuqlash xususiyati bor.  

     Emulsion  quyultiruvchilar  moyni  emulgatorning  suvli  eritmasi  bilan 

yuqori tezlikda aralashtirish natijasida olinadigan ikki fazali sistemadir. Bu 

sistemaga  emulgator  –  sirt  aktiv  moddadan  tashqari,  yuqori  molekulali 

stabilizator 

(natriy 


alginat, 

KMS 


va 

b) 


qo’shiladi.  Emulsion 

quyultiruvchilar,  asosan,  pigmentlar  bilan  gul  bosishda  ishlatiladi. 

Kamchiligi yonuvchan ekanligidadir.  

    Hozirgi paytda mavjud bo`lgan  quyultiruvchilar ikki guruhga bo`linadi: 

     1. Turli yuqori molekulali moddalarning suvli eritmasi, ya`ni strukturasi 

bir fazali polimer eritmasi. 

     2. Ikki fazali, aniq ifodalangan ustki bo`lakli kolloid sistema                                

     Ko`pincha  makkajo’xori  kraxmali  qo`llaniladi.  U  sovuq    suvda 

erimaydi,    shuning  uchun  ham  qaynatiladi.  Qaynatilgan  kraxmal  tez 

buziladi,  saqlash  qiyin.  Shuning  uchun  uning  modifikatsiyasi  ishlab 

chiqilgan. 

     Kraxmalga  mexanikaviy  ishlov  berib,    kislota    ta`sir  etib  uning 

modifikatsiyasi    olinadi.  Kraxmalni  mexanikaviy  ishlov  berish  natijasida 

uning modifikatsiyasi yuqori texnik xususiyatga ega bo`ladi. 

     Quyultiruvchilar  olish  manbalaridan  biri  jigarrang  dengiz  o`simligi 

bo`lib,    uning    tarkibiga    alginat  kislotasi  bo`ladi.    Alginat  kislotaning 

natriyli  tuzi  quyultiruvchi  sifatida  ishlatiladi  va  natriy  alginat  deyiladi,  u 

suvda  yaxshi  eriydi  va  past  konsentratsiyada  bir  xil  quyuq  massa  hosil 

qiladi.    Odatda  8%  li  natriy  alginat  qo`llaniladi.  Natriy  alginat  ishqorga 

chidamli, kislotaga esa chidamsiz  bo`ladi. 

     Amalda  hozirgi  paytda  tropik    o`simliklar    ildizidagi    qotgan  sharbat 

tabiiy kamed katta ahamiyatga ega.Kamedlar asosan  sintetik matolarga gul 

bosishda  ishlatiladi.  Kamedlar  quyultiruvchi  sifatida  ishlatilganda  shakl  

toza  va tekis bo`ladi va mato yuzidan tez yuviladi hamda yaxshi saqlanadi.  

Lekin  juda  qimmat.  Tragant  (mevali  kamed)  yaxshi  quyultiruvchi 



 

 

 



18 

xususiyatga ega, uning 6-8%  konsentratsiyasi tayyorlanadi. Odatda tragant 

quyultiruvchi  kraxmal  va    dekstrin    quyultiruvchilar  bilan  qo`shib 

ishlatiladi. 




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling