Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
1.1. Materiallarga gul bosishning umumiy masalalari 1.1.1. Matolarga gul bosish jarayoni Gul bosishning bo`yashdan farqi shuki, bo’yashda bo`yovchi modda mato yuzasining ayrim qismlariga gul sifatida tushiriladi. Gul bosish jihozlari, jarayon sharoitlari, bo’yovchi modda tarkibi murakkabroq bo’lsa ham, lekin fizik- kimyoviy qonuniyatlar xuddi bo`yashdagidek o`tadi. Matoga gul tushiruvchi aralashma bo`yoq deb ataladi va bo`yash eritmasidan o`zining quyuqligi bilan farq qiladi. Gul bosish bo`yog’i tarkibiga: bo`yovchi modda, quyultiruvchi va yordamchi moddalar kiradi. Bo`yovchi moddalar to`qima materiallar yuzasida ravshan va mustahkam rang berishi lozim, bu talablarga quyidagi sinf bo`yovchi moddalari javob beradi: - sellyulozali mahsulotlarga gul bosilganda – aktiv, kub, suvda erimaydigan azobo`yovchi moddalar va pigmentlar; - oqsil tolali mahsulotlar uchun - aktiv, kub, xromli, kislotali, metallkompleks bo`yovchilar va pigmentlar; - atsetat va sintetik tolalar uchun – asosan dispers bo`yovchi moddalar va pigmentlar.
Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan bo’yovchi modda va tolali materiallar holati, hamda ularning ta’sirini belgilovchi asosiy fizik- kimyoviy qonuniyatlar gul bosish jarayonida ham saqlanib qoladi, lekin bo’yashda farqli o’laroq matolarga gul bosishda bo’yovchi moddalarning eritmadagi diffuziyasi va ularning tola yuzasiga shimilishi o’z ma’nosini yo’qotadi. Mato yuzasiga gul shaklida tushirilgan bo’yovchi modda quritish mashinasidan chiqqach, quyultiruvchi molekulalari bilan molekulalararo bog’lanishlar yordamida mustahkam ushlanib, quyultiruvchi plyonkasida qotib qoladi va tola ichiga diffuziyasi to’xtaydi.
15 Bo’yash jarayonida sodir bo’ladigan va uzluksiz boradigan fizik kimyoviy bosqichlar ketma-ketligi buziladi. Quyultiruvchi plyonkasida qotib qolgan bo’yovchi moddaning tola ichki qatlamlari tomon harakatlanishi uchun bo’yovchi moddani o’z ichiga qamrab olgan plyonkani yumshatish lozim. Shu maqsadda gul bosib quritilgan mato bug’lanadi yoki qizdiriladi. Qaynoq bug’ yoki havo ta’sirida plyonkani yumshatishni osonlashtirish maqsadida gul bosish bo’yog’i tarkibiga yuqori harorat ta’sirida tola g’ovaklarida suyulib, bo’yovchi modda diffuziyasini tezlashtiruvchi muhit hosil qiluvchi moddalar qo’shiladi. Bo’yoq tarkibidagi bo’yovchi modda va quyultiruvchi orasidagi o’zaro ta’sir kuchsiz bo’lgani sababli gul bosishda bo’yovchi moddaning tola ichiga diffuziyasi ancha sust bo’ladi. Shu sabali, turli sinf bo’yovchi moddalari bilan gul bosishda ularning o’ziga xos bo’lgan jadallashtirish usullari ma’lum. Gul bosish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: matoni gul bosishga tayyorlash gul bosish
quritish bo’yovchi moddani tola ichiga singdirish yuvish
quritish.
Gul bosishda paydo bo’ladigan nuqsonlar ayrim joylardagina uchraydigan va butun gazlama to’piga tarqalgan xillarga bo’linadi. Ba’zi gazlamalar maxsus pardozlanishi mumkin. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling