I bob bo’yicha xulosa
Olib borilgan ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, paxta va
tabiiy ipak chiqindilari bilan modifikasiya qilingan nitron asosidagi aralash
matolarni bo’yash va gul boshishga tayyorlashning fizik-kimyoviy
jarayonlarini o’rganish, bunda namlik yutishini oshishiga, elektrlanishini
kamayishiga bag’ishlangan dolzarb muammolar hal etilganligi va shu
bilan birga modifikasiyalangan nitron tolalarini to’qimachilik jihozlarida
qayta ishlash osonlashganligidan darak beradi.
Shu nuqtai nazardan to’qimachilik sanoatida ishlab chiqariladigan
paxta-nitron tolasi asosida aralash mato olindi va uning xossalari o’rganildi.
Tabiiy ipak chiqindilari bilan nitron tolasi modifikasiyalandi va ular orasida
kimyoviy bog’ hosil bo’lishi aniqlandi. Tayyorlangan aralash tolali matoning
gul bosish va yakunlovchi pardozlash jarayonlari o’rganish ham ilmiy,
ham amaliy ahamiyat kasb etadi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |