Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш
Gul bosish jarayoni texnologiyasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)
1.3. Gul bosish jarayoni texnologiyasi
Hozirgi vaqtda gul bosishning quyidagi usullari qo`llaniladi: dastaki gul bosish, aerografiya usuli, to`rli qoliplar va naqshband metall valli. Birinchi usul jun sanoatida ro`mollarga gul bosishda qisman ishlatiladi, aerografiya usuli yuqori badiiy bezakli mahsulotlar ishlab chiqarishda qo`llaniladi. Amalda turli to`qima mahsulotlarga asosan naqshband valli va to`r qolipli mashinalarda gul bosiladi. To`r qolipli mashinalar o`z navbatida ikki turli bo`ladi: yassi va silindrik to`r qoliplar. Gul bosish va quritishdan keyin bo`yoq plyonka ichiga joylashib mato ustiga o`tadi. Bo`yoqning plyonkadan tolaning mag’ziga o`tishini osonlashtirish uchun, mato yuqori haroratda namli muhitda maxsus uskunada - zrelnikda ishlov beriladi. Bu mashinada par sovuq mato yuziga o`tib suyuq nam holatga kelib, tolaning shishishiga imkon beradi. Tolaga yutilgan suv gul bosish bo’yog’i tarkibiga kiruvchi bo`yoq va yordamchi mahsulotlarini eritadi. Qoida bo`yicha yordamchi mahsulotlar eriganda issiqlik chiqadi va bunda quyilma shishadi. Bu paytda bo`yoq tolaga kirib u bilan bog’ hosil qilib birikadi.[51] Bug’latishdan keyin mato yaxshilab yuviladi va ortiqcha birikmagan bo`yoqlar matodan chetlashtiriladi. Turli qo`shma tolalardan tayyorlangan matolarga gul bosish.
39 Sellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga gul bosishda quyidagi bo`yoqlar qo`llaniladi: faol, kubli, kubozollar, erimaydigan azobo`yoqlar oqsil tolalaridan tayyorlangan matolarga gul bosishda faol, kislotali metall saqlovchi, KMK 1:2 bo`yoqlari katta ahamiyatga ega. Kubli bo`yoqlar bilan ham ba`zida gul bosiladi. Sintetik (PAN) va asetilsellyuloza tolalaridan tayyorlangan matolarga asosan dispers bo`yoqlardan tayyorlangan gul bosish bo’yog’i bilan gul bosiladi. Asetilsellyuloza tolasidan tayyorlangan matolarga gul bosishda dispers faol bo`yoqlar ham qo`llaniladi. Gul bosish usullaridan biri matolarni yuqori badiiy - kaloristik bezash xususiyatiga ega bo`lgan termik ishlov berish asosida murakkab tasvirlarni o`tkazadigan usul. Bu usul ikki bosqichdan iborat bo`lib, birinchisida tasvir qog’ozga o`tkaziladi va ikkinchi bosqichda tasvirni qog’ozdan matoga o`tkaziladi. Bu uchun tasvir o`tkazilgan qog’ozning yuza tomoni matoning yuziga yopishtirib qo’yiladi va maxsus uskunada yuqori haroratda bosim bilan bosiladi. Bunaqa sharoitda bo`yoq qog’ozdan matoga o`tadi. Amalda bu usulga katta qiziqish uyg’ondi, chunki bu usulda juda murakkab tasvirlar hosil qilish mumkin va juda ko`p tonli ranglar 12 minggacha olish mumkin. Undan tashqari bu usul bilan gul bosish arzon bo`lib, bo`yoq, kimyoviy yordamchi mahsulotlarga ehtiyoj yo`q va gul bosish jarayoni qisqa bo`lib, murakkab uskunalar kerak bo`lmaydi, bug’lash va yuvishga ham ehtiyoj yo`q.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling