Газламаларни буяш ва гул босишга тайёрлаш


 Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi  moddalar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/45
Sana08.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#240308
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
aralash tolali matolarga gul bosish va yakunlovchi pardozlash texnologiyasini tadqiq etish (1)

1.3.1. Modifikatsion kraxmal asosidagi quyultiruvchi  moddalar 

Kraxmal  asosan  modifikatsiyalangan  holda  qo’llaniladi.  Kraxmalni 

modifikatsiyalashning 

asosiy 


usulini 

oksidlovchilar 

ishtirokida 

modifikatsiyalash  tashkil  etib,  bunda  xlorid,  sirka  yoki  olein  kislota 

ishtirokida  gidrolizlanish  olib  boriladi.  Ba’zida  esa  modifikatsiyalashda 

oksidlovchilar  (vodorod  peroksid)  ishlatiladi  [18].  Quyultiruvchilar 




 

 

 



40 

tayyorlanishida  quyidagi  jarayonlar  amalga  oshiriladi:  iliq  suvda  kraxmal 

eritilib, kraxmal suti tayyorlanib, unga xlorid kislota qo’shib 95-97

0

C gacha 



qizdirilib  bir  ikki  soat  davomida  qaynatiladi.  Olingan  eritma  neytrallanadi 

(natriy astetat yordamida), sovutiladi va filtrlanib olinadi. 

Kraxmal  hosillaridan  tayyorlanadigan  quyultiruvchilar  turiga 

Solvitoza  C-5  ya’ni  kraxmalning  karboksimetil  efiri  kiradi.  Bunday 

quyultiruvchilar  olishda  kraxmal  monoxlorsirka  kislota  bilan  ishlanadi. 

Quyuqlovchi  tayyorlanishini  quyidagicha  ifodalash  mumkin:  sovuq  suvga 

solvitoza S-5  qo`shilib 80-85

0

C  gacha quyuqlovchi qizdiriladi  va bir  jinsli 



massa  hosil  bo`lguncha  aralashtirilib,  so`ngra  sovutiladi  va  filtrlanib 

quyuqlovchi  quritiladi.  Solvitozali  quyultiruvchilar  yaxshi  eruvchanlikka 

ega  bo`lib,  bo`yovchi  moddalar  tarkibiga  kiruvchi  ishqoriy  reagentlar 

kislotalar  va  elektrolitlar  ta’siriga  chidamlidir.  Saqlanishga  chidamli  va 

qaytaruvchanlik  xossasiga  ega  emas.  Kamchiligi  shundaki,  xrom  va 

alyuminiy  tuzlari  ta’siriga  chidamli  emas,  bu  esa  bo`yoqlar  tarkibiga 

kiruvchi 

komponentlarning 

cheklanganligi 

 

bilangina 



bo’yoqlar 

tayyorlashda  qo`llanilishini  e’tirof  etadi.  Bunday  quyultiruvchilar  yaxshi 

bog’lovchilik  va  o’tuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo`lib,  bosmalashda 

ravshan tasvirlar berib, oson yuviladi. Bunday quyultiruvchilar kubli, aktiv 

bo’yoq  moddalari  bilan  gul  bosish  uchun  bo’yoqlar  tayyorlashda 

qo’llaniladi [2]. 

Bu tipdagi quyultiruvchilar xorijda turli savdo markalari ostida ishlab 

chiqariladi:  to’qimachilik  kraxmali  3402    (―Meystena‖    Germaniya  ), 

Solvitoks  A,  VG,  ST,  printeks    («Sholten»    Gollandiya,  «Zixel» 

Germaniya), kvelaks DV, PR («Veserlan» Germaniya), modifikasiyalangan 

koloprint («Avebe» Shveystariya), modifikastiyalangan-pisrulon ABC, SF, 

SFD, («Tyubingen» Germaniya) [3]. 

Hozirgi  kunda  kraxmal  mexanokimyoviy  usullar  yordamida 

modifikatsiyalanmoqda[51]. 

                



 

 

 



41 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling