Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi
Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari -
Download 27.33 Kb.
|
Gazlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GAZ XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
Gaz xo‘jaligida xavfsizlik qoidalari - Tashqi gaz quvurlari va inshootlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish.Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi korxonalari gaz ta’minoti, ichki gaz quvurlari va gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish
1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Sanoat obyektlariga qo‘yiladigan talablar. 3-ILOVA Nazorat-o‘lchov asboblari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish 4-ILOVA Gazni tartibga solish punkti (GTP) va gazni tartibga solish qurilmasi (GTQ)ga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish 5-ILOVA Emirilishdan elektr kimyoviy usulda himoyalash qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni tashkil etish 6-ILOVA Avariya vaziyatlarining oldini olish va bartaraf etish ishlarini tashkil etish GAZ XO‘JALIGIDA XAVFSIZLIK QOIDALARI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu qoidalar aholi punktlarida joylashgan gaz ta’minoti tizimida, sanoat korxonalarining, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) gaz quvurlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi. 2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: avariya — inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalarning buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalarning chiqishi; blokirovkalovchi qurilma — tashqi ta’sir natijasida xavfsizlik talablari buzilgan holatlarda yoki texnologik rejim buzilgan vaqtlarda gazni yoki texnologik qurilmani ishga tushirish imkonini bermaydigan uskuna; gazdan xavfli ishlar — gazlangan muhitda yoki gaz chiqish ehtimoli mavjud gaz quvurlarida, sig‘imlarda va agregatlarda bajariladigan va buning oqibatida insonlar zaharlanishi, gaz alangalanishi va portlash sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar; gaz — yoqilg‘i sifatida foydalanish uchun konlardan qazib olinadigan tabiiy gaz, neft gazi, gaz va neftni qayta ishlovchi sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan gazlar; gaz quvurlari — muhiti gaz bo‘lgan quvur o‘tkazgichlar; gazni tartibga solish punkti (GTP) va gazni tartibga solish qurilmasi (GTQ) — gaz taqsimlash tarmoqlaridagi gaz bosimini pasaytirish va uni belgilangan darajada saqlab turish uchun mo‘ljallangan texnologik qurilma; gaz xizmati — tashkilotlarda gazdan xavfsiz foydalanishni ta’minlash uchun gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari egalari tomonidan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linma; gaz xo‘jaligi — tashkilot hududidagi gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy emirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar; gaz ta’minoti tashkiloti — texnik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni qabul qilish, taqsimlash va iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot; gaz xo‘jaligi texnik qurilmalari — gazdan yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish pechlari, qozonlari, gaz generatorlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari va boshqalar; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari — tashkilot hududida joylashgan gazlashtirilgan yordamchi ishlab chiqarish va ma’muriy-maishiy binolarning gaz jihozlari, gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy emirilishdan himoyalash vositalari, GTP va GTQlar; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining egalari — tasarrufida gaz xo‘jaligi tizimi obyektlari bo‘lgan tashkilotlar; gazning xavfli konsentratsiyasi — gazni eng pastki alangalanish chegarasining 20 foizidan oshadigan havo tarkibidagi konsentratsiyasi (gazning hajmli ulushi); gaz ta’minoti tizimi — gaz taqsimlash stansiyasidan iste’molchilarga yetib boradigan gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar va elektr kimyoviy emirilishdan himoyalash vositalari, sanoat korxonalarining gaz jihozlari, GTP va GTQlar; insident — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik uskunalarning shikastlanishi yoki to‘xtashi, texnologik jarayon rejimidan chetga chiqishi, qonunchilik hujjatlarida bo‘lgan, shuningdek, sanoat xavfsizligi sohasidagi me’yoriy texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi; ixtisoslashtirilgan tashkilotlar — asosiy faoliyat turi gaz ta’minoti tizimlarini loyihalash, qurish (montaj qilish), ta’mirlash, qayta qurish, ishga tushirish-sozlash, foydalanish va putur yetkazmaydigan nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar; kommunal-maishiy soha tashkilotlari — ovqat tayyorlash, isitish yoki issiq suv ta’minoti maqsadida yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar yoxud hajmi 150 litrdan ortiq bo‘lgan suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi tashkilotlar; maishiy gaz balloni — suyultirilgan uglevodorod gazini saqlash, tashish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan yopqich moslamali payvandlangan po‘lat ballon, ortiqcha bosimi 1,6 megapaskal (bir kvadrat santimetrda 16 kilogramm)dan yuqori bo‘lmagan sig‘im; maishiy gaz asboblari — gazdan yoqilg‘i sifatida va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan gaz plitalari, suv isitish qozonlari va pechlar; pech va dudburonlarni qurish va ko‘rikdan o‘tkazish xizmati (keyingi o‘rinlarda Dudburonlar xizmati deb ataladi) — tegishli dalolatnoma tuzgan holda pechlarni qurish, montaj qilish va ta’mirlash, shuningdek, dudburonlar, shamollatish kanallarini ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va nosozliklarni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot; sanoat korxonalari — yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xarakteriga ega va ega bo‘lmagan yoxud yiliga 150 litrdan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi iste’molchilar; signalizatsiya — nazorat qilinadigan parametrlarning yuqori va quyi o‘lchamlarga yetish holatlarida ovoz yoki yorug‘lik yordami bilan xabar berilishini ta’minlaydigan uskuna; suyultirilgan uglevodorod gazi (SUG) — tabiiy gaz, neft va gaz kondensatini qazib olishda va qayta ishlashda olinadigan, asosiy komponentlari propan va butan bo‘lgan gaz; texnik xizmat ko‘rsatish — mahsulot (texnik qurilma)dan maqsadli foydalanish, saqlash va yetkazib berishda uning ish quvvati yoki sozligini saqlab turish bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi yoki yakka operatsiya; tashqi gaz quvuri — kiruvchi gaz quvuridan oldin o‘rnatilgan o‘chiruvchi moslamagacha bo‘lgan yer osti va yer ustidan yoki binoning kirish joyidagi g‘ilofgacha bo‘lgan yer ostidan o‘tkazilgan gaz quvuri; ta’mirlash — gaz quvurlari va unda o‘rnatilgan inshootlarning sozligi yoki ish quvvatini tiklash hamda uning resurslarini yoki asosiy qismlarini tiklash bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar kompleksi; qishloq xo‘jaligi korxonalari — issiqxona, konserva yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanuvchi, 1 ta gaz uskunasining yillik gaz sarfi 100000 kub metrdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish xarakteriga ega va ega bo‘lmagan yoxud yiliga 150 litrdan ortiq suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi iste’molchilar. 3. Mazkur Qoidalar yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan bosimi 1,2 mega-paskaldan yuqori bo‘lmagan tabiiy gaz va bosimi 1,6 megapaskaldan yuqori bo‘lmagan SUG bilan ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Qoidalar quyidagilarga tatbiq qilinadi: aholi punktlarida joylashgan gaz ta’minoti tizimiga; sanoat korxonalarning, qishloq xo‘jaligi korxonalarining va kommunal-maishiy soha tashkilotlarining gaz quvurlari hamda ulardagi qurilma va jihozlarga. 4. Qoidalar: turar joylar va ulardagi ichki gaz quvurlari va gaz jihozlariga; gazni xomashyo sifatida ishlatuvchi kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qazib chiqarish hamda neft va gazni qayta ishlash sanoat korxonalarining texnologik gaz quvurlari va gaz jihozlariga; qora metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarining gaz xo‘jaliklariga; gaz bilan ishlayotgan tajriba va eksperimental agregatlar va qurilmalarga; avtomobil va temir yo‘l transporti, daryo, dengiz va havo kemalarining gaz jihozlari, shuningdek, gazdan foydalanadigan ko‘chma qurilmalariga; gaz-havo aralashmalarining portlash kuchidan foydalanuvchi yoki himoya gazlari olishga mo‘ljallangan qurilmalarga tatbiq etilmaydi. 5. Muhandis-texnik xodimlar uchun bilimlarni sinovdan o‘tkazish 3 yilda bir marta, ishchi-xodimlar uchun esa bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. 6. Po‘lat va polietilen gaz quvurlarini payvand qilish ishlarini bajarish texnik o‘quv kurslarida o‘qitilgan va attestatsiyadan o‘tkazilgan payvandchilarga ruxsat etiladi. 7. Gaz jihozlari, texnik qurilmalar, gaz quvurlaridan foydalanish va sozlash, qurish, avtomatik himoya va signalizatsiya tizimlari, elektr kimyoviy himoya qilish vositalari, shuningdek, gazda ishlovchi qurilma va asboblardan foydalanish bilan band bo‘lgan ishchilar mustaqil ishga qo‘yilishidan oldin tajribali ishchilar rahbarligida kamida o‘n kunlik ish amaliyotidan o‘tadilar. 2-bob. Loyihalash va qurish 8. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini loyihalash ishlari qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan, ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan bajariladi. 9. Shaharlar, aholi yashash punktlari va gaz iste’molchilarining gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini loyihalashtirishda gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan gaz bilan uzluksiz va xavfsiz ta’minlashni, shuningdek, sanoat korxonalarining gaz xo‘jaligi tizimlarini tezkorlik bilan o‘chirish imkoniyatini ta’minlashi shart. 10. Gaz ta’minoti tizimlarini qurish va o‘rnatishga oid loyiha hujjatlari shaharsozlik normalari va qoidalari, shuningdek, amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mos bo‘lishi lozim. Gaz xo‘jaligidagi tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalarni loyihalashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lgan gaz signalizatorlari tomdagi va operatorsiz qozonxonalarga o‘rnatilishi shart. Gaz xo‘jaligidagi suyultirilgan uglevodorod gazidan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalarni loyihalashda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lgan gaz signalizatorlari quyidagi obyektlarda o‘rnatilishi mumkin: hajmi 150 litrdan ortiq bo‘lgan ballonli qurilmalar guruhiga; avtonom tizimli gaz ta’minotiga; suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanuvchi qozonxona va boshqa qurilmalarga. Gaz signalizatorlari quyidagicha o‘rnatiladi: tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalar o‘rnatilgan xonaning yuqori qismiga (xona shiftidan 30 santimetrdan ortiq pastda bo‘lmasligi lozim); suyultirilgan uglevodorod gazidan yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi texnik qurilmalar o‘rnatilgan xonaning past qismiga (xona polidan 30 santimetrdan yuqori bo‘lmasligi lozim). 11. Loyiha hujjatlari, berilgan texnik shartlarga mos ravishda ishlab chiqilganligi gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tekshirilib, kelishilgan bo‘lishi lozim. 12. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini loyihalash, qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish, tugatish va foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. 13. Gaz ta’minoti tizimlarini qurishda payvandlash, izolatsiyalash va boshqa qurilish-montaj ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. 14. Gaz jihozlari, uskunalari, asboblari va ularning qismlari, shu jumladan, chet eldan keltiriladiganlari, texnik reglamentlar yoki texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelishi va tasdiqlovchi tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi zarur. 15. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarida montaj, ta’mirlash va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasidan (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb ataladi) ruxsatnoma olinishi lozim: a) gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining gaz quvurlari bo‘yicha: yuqori, o‘rta va past bosimli yer usti po‘lat gaz quvurlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish-sozlash faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; o‘rta va past bosimli yer usti po‘lat gaz quvurlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish-sozlash faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; yuqori, o‘rta va past bosimli yer osti po‘lat gaz quvurlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish-sozlash faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; yuqori, o‘rta va past bosimli polietilen gaz quvurlarini montaj qilish, ta’mirlash va ishga tushirish-sozlash faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; b) gaz iste’mol qiluvchi gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlari bo‘yicha: gaz iste’mol qiluvchi gaz xo‘jaligi obyektlarida ishga tushirish-sozlash faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; gaz iste’mol qiluvchi gaz xo‘jaligi obyektlarini ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma ikki oygacha muddatga beriladi; v) gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining texnik qurilmalari bo‘yicha: suyultirilgan uglevodorod gaz saqlanadigan bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar hamda hajmi 150 litrdan yuqori bo‘lgan ballonlar guruhini montaj qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bir yil muddatga beriladi; suyultirilgan uglevodorod gaz saqlanadigan bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar hamda hajmi 150 litrdan yuqori bo‘lgan ballonlar guruhini ishga tushirishdan oldin ulardan foydalanishga bir martalik ruxsatnoma beriladi. Yuqorida qayd etilgan bir qancha faoliyat turlariga umumlashtirilgan bitta ruxsatnoma berilishi ham mumkin. Bunda uning amal qilish muddati har bir faoliyat turi uchun alohida belgilanadi. 16. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining qurilish-montaj ishlari loyihaga asosan amalga oshirilishi lozim. 17. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini qabul qilish komissiyasiga shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tegishli tashkilotlar vakillari kiritiladi. 18. Buyurtmachi qabul komissiyasini ishlash sanasi va joyi haqida ishni boshlashdan kamida 5 kun oldin ogohlantirishi lozim. 19. Foydalanishga qabul qilayotgan komissiyaga qurilish sifatini qo‘shimcha tekshirish uchun yer osti gaz quvurining istalgan bo‘lagini ochib ko‘rish hamda qo‘shimcha xulosalar uchun qayta sinov o‘tkazish huquqi beriladi. 20. Qabul qilish komissiyasiga ijro-texnik hujjatlar taqdim etiladi. 21. Qurib bitkazilgan obyektlar shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq qabul qilinishi zarur. 22. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining texnik qurilmalarini ishga tushirish-sozlash ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablari bo‘yicha bajarilishi kerak. 3-bob. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanish 23. Ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilmasdan gaz iste’mol qiluvchi tashkilotlar gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanishi mumkin emas. 24. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga quyidagi vazifalar yuklanadi: mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish, gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarining soz holatda saqlanishini ta’minlash, shu jumladan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun kompleks chora-tadbirlarni bajarish hamda uch bosqichli nazorat tizimini olib borish; ijobiy tibbiy xulosaga va malakasi yetarli bo‘lgan xodimlarga ega bo‘lish; xodimlarni o‘z vaqtida tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishni tashkil etish; individual himoya vositalari bilan ta’minlash; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borish uslubi va tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga ega bo‘lish; sanoat xavfsizligi talablari bo‘yicha ishlab chiqarish nazoratini o‘rnatish va tashkil etish; nazorat tizimi va o‘lchov asboblarining bo‘lishi va ishlashini ta’minlash; avval qurilgan gaz xo‘jaligi tizimi obyektlariga mazkur Qoidalarning 10-bandiga muvofiq gaz signalizatorlari o‘rnatish va ularning ishlashini ta’minlash; mazkur Qoidalarga muvofiq gaz jihozlari, uskunalari, inshootlari va gaz quvurlarining texnik holatini diagnostika qilish va texnik ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlash; gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarida sodir bo‘lgan avariyalar, insident yoki baxtsiz hodisalar to‘g‘risida mutasaddi organlarga belgilangan tartibda xabar berish; avariya, insident yoki baxtsiz hodisalarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, mutasaddi organlarga ularning kelib chiqish sabablarini tekshirishda yordam ko‘rsatish va ularni hisobga olish choralarini ko‘rish. Gaz xo‘jaligida ishlatiladigan o‘lchov asboblari O‘zbekiston Respublikasi o‘lchov asboblari Davlat reyestriga kiritilishi, belgilangan tartibda tekshirilishi va tekshirish o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi kerak. 25. Gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning huquqlari: gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar, shuningdek, shartnoma asosida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan aloqa qilish; gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda belgilangan texnik me’yorlar va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etgan holda tabiiy gaz va suyultirilgan gazni tomonlar o‘zaro kelishgan tartibga muvofiq uzluksiz yetkazib berilishini talab qilish; shartnoma bo‘yicha gaz xo‘jaligi tizimlari obyektlarini montaj qiluvchi, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajaruvchi va ta’mirlovchi tashkilotlar ruxsatnomasi nusxasiga ega bo‘lish; gaz ta’minoti loyihalarini ko‘rib chiqishda va gazlashtirilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oluvchi komissiyalar ishida qatnashish. Download 27.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling