G’aznachilikning yagona axborot tizimi O’zbekistonda g’aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari reja


G’aznachilik sharoitida byudjet tasnifining takomillashuvi


Download 37.34 Kb.
bet2/6
Sana15.11.2023
Hajmi37.34 Kb.
#1776743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
G’aznachilikning yagona axborot tizimi

1. G’aznachilik sharoitida byudjet tasnifining takomillashuvi
Ma’lumki, byudjet qurilishi mamlakatning davlat byudjeti va byudjet tizimini, uning bo’g’inlari o’rtasidagi byudjetlararo munosabatlarni tashkil qilish shakllarini, byudjet tasnifini, byudjet tizimiga kiradigan barcha darajadagi byudjetlar faoliyatining huquqiy asoslarini, byudjet mablag’larini shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 7-moddasida qayd etilgan byudjet tizimining yagonaligi tamoyiliga muvofiq, barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda yagona byudjet tasnifi qo’llaniladi. Barcha darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash ob’ektlariga tegishli raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko’rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro etiladi.
Byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari hamda ulardan mablag’ oluvchi tashkilotlarga qo’llaniladi hamda davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro qilish, shuningdek davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
O’zbekiston RespublikasiAdliya vazirligida 2010 yil11 oktyabrda 2146-son bilan ro’yxatga olingan “O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”ga muvofiq, yangi byudjet tasnifi 2011 yil 1 yanvardan amalga kiritildi.
Ushbu yo’riqnomaga ko’ra, byudjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishi bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • davlat byudjeti daromadlarining tasnifi;

  • davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifi;

  • davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.

Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va byudjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.

  • Byudjet tasnifini tuzishning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

  • to’liqlilik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilarini qamrab olishi shart;

  • yagonalik – byudjet tasnifi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari uchun yagona bo’lishi shart;

  • o’zaro muvofiqlik – byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida byudjet jarayonining har xil operatsiyalarini aks ettirish uchun qo’llanilmasligi kerak, ya’ni byudjet tasnifining har bir kodi o’ziga xos bo’lishi shart.

Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar daromadlari, davlat maqsadli jamg’armalari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
21 koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli ko’rinishga ega:

  • mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;

  • daromadlar turi;

  • hududiy tasnif.

Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:



Mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi

Daromadlar turi

Tashkiliy tasnif

Hududiy tasnif

x

xxx

x

x

x

xxx

xxx

xxx

xx

xxx

Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) tatbiq etilguniga qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo’llaniladi.



Download 37.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling