G’aznachilikning yagona axborot tizimi O’zbekistonda g’aznachilik tizimi taraqqiyoti istiqbollari reja
Download 37.34 Kb.
|
G’aznachilikning yagona axborot tizimi
Mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi (1–6 kodlar) byudjetga tushayotgan daromadlarni tegishli mablag’lar manbasi va byudjetlar darajalariga (tegishli byudjet darajasiga, davlat maqsadli jamg’armasi turiga va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari daromadlari turiga) mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
7 ta raqamli daromadlar turi (7–13 kodlar) quyidagilardan iborat: bo’lim; paragraf; daromad turi. Bo’lim daromadlarni ularning olish manbalari bo’yicha guruhlanishini bildiradi, masalan: 3 100 000 “Soliqlar”; 3 200 000 “Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar”; 3 300 000 “Grantlar”; 3 400 000 “Boshqa daromadlar”; 3 500 000 “Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar”. Paragraf soliq yoki boshqa turdagi daromadlarni soliqqa tortish bazasi bo’yicha daromadlarning guruhlanishini bildiradi. “Soliqlar” (3 100 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi: 3 110 000 “Daromad, foyda va kapital o’sishiga soliqlar”; 3 130 000 “Mol-mulkka solinadigan soliq”; 3 140 000 “Tovarlar va xizmatlarga soliqlar”; 3 150 000 “Xalqaro savdo va operatsiyalarga soliqlar”; 3 160 000 “Boshqa soliqlar”; “Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar/badallar” (3 200 000) 3 210 000 “Ijtimoiy ta’minotga ajratmalar/badallar” paragrafini o’z ichiga oladi. “Grantlar” (3 300 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi: 3 310 000 “Xorijiy davlatlar hukumatlaridan”; 3 320 000 “Xalqaro tashkilotlardan”; 3 330 000 “Davlat boshqaruvi sektorining boshqa birliklaridan”. “Boshqa daromadlar” (3 400 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi: 3 410 000 “Mol-mulkdan daromadlar”; 3 420 000 “Tovarlar va xizmatlar sotilishi”; 3 430 000 “Jarimalar, penyalar va neustoykalar”; 3 440 000 “Ixtiyoriy transfertlar, grantlar bundan mustasno”; 3 450 000 “Aniqlab bo’lmaydigan va boshqa daromadlar”. “Aktiv va majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar” (3 500 000) quyidagi paragraflarni o’z ichiga oladi: 3 510 000 “Tranzaktsiyalardan aktivlarga tushadigan tushumlar”; 3 520 000 “Majburiyatlarga tranzaktsiyalar bo’yicha tushumlar”. Tegishli bo’lim va paragrafning yanada detallashtirilishi va tavsifi 2146-sonli “O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”ning 2-ilovasiga muvofiq daromadlar turi bo’yicha amalga oshiriladi. Tegishli byudjetning daromadlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlar daromadlar tasnifining mumkin bo’lgan barcha elementlarini qo’llagan holda shakllantiriladi. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari o’rtasidagi byudjet darajalari bo’yicha tushumlarning taqsimlanishi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Tashkiliy tasnif (14–16 kodlar) byudjetga tushayotgan daromadlarni ularni boshqaruvchi tegishli tashkilotlarga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va sh.k.) tegishli ekanligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha yuqori (quyi) byudjetning quyi (yuqori) byudjet oldidagi majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi byudjetlarga dotatsiya, subventsiya, byudjet ssudalari va mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi. Download 37.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling