O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 70.5 Kb.
|
1 Amaliy Faning asosiy tushinchalari mohiyati xavf turlarini ularni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumotlar
1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Faning asosiy tushinchalari mohiyati xavf turlarini ularni guruhlanishini indetifikatsiyalanishini Ishning maqsadi: Talabalarni xavflarning xususiyatlari, hamda ma’lum bir belgilariga ko’ra guruhlanishlari bilan tanishtirish. Umumiy ma’lumotlar Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bo’lgan eng to’g’ri ta’rif bu “Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko’rsatuvchi odamdir. Ongli ravishda ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun qilingan har qanday hatti-harakatni faoliyat deb qarash mumkin. Bu tasdiqdan kelib chiqadiki, faoliyatni faqat insongina o’z ongi va tafakkuri mahsuli sifatida ko’rsatishi mumkin. Buning oqibati o’laroq faoliyat insonlar jamiyati mavjud bo’lishligining eng zarur shartlardan bittasi bo’lib yuzaga chiqadi. Mehnat esa faoliyatning oliy shaklidir, chunki faqat mehnat tufayligina insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi. Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda, madaniyatda, ishlab chikarishda, ilmda va boshqa hayot sohalarida kechadigan amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi. Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to’g’ri va qaytma (teskari) aloqada bo’ladigan inson va muxit elementlaridir (1-rasm). 1-rasm. Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi). Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni tashqi ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir ko’rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan. «Inson-muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Birinchi maqsad ma’lum natijaga, samaradorlikga erishishdan iborat bo’lsa, ikkinchisi - yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlarni (inson tomonidan muhitga nisbatan va muhit tomonidan insonga nisbatan) bartaraf qilishdan iboratdir. Insonning muhitga, muhitning esa insonga qarshi ta’sir ko’rsatishi oqibatida ko’ngilsiz oqibatlar yuzaga keladi. Ko’ngilsiz oqibatlarga quyidagilar kirishi mumkin: inson hayotiga xavf solish, sog’lig’iga jismoniy jihatdan zarar yetkazishlar (turli darajadagi jarohatlanishlar) sog’liqga psixofiziologik jihatdan zarar yetkazishlar, yong’inlar, portlashlar, buzilishlar (avariyalar), falokatlar (katastrofalar), muhitdagi ekologik buzilishlar va boshqalar. Bu ko’ngilsiz oqibatlarni keltirib chikaruvchi xodisa, ta’sir va boshqa jarayonlar - xavflar deb ataladi. Xavflar yashirin (potensial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga ajratiladi. Xavflar uchun quyidagi belgilar harakterlidir: xayotga taxlika solish, sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishi. 2-rasm. Faoliyat jarayoni modelida “xavfsizlik”ni ta’minlash muammosining yuzaga kelish bosqichlari. Potensial xavf amalga oshishi, ya’ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar” deb ataluvchi sharoitlar zarurdir. Quyida xavf va uning oqibatini harakterlovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga nisbatan ikki marta oshdi. Butun dunyo sog’liqni saqlash jamiyatining ma’lumotlari boyicha dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24 marta ko’paygan. Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogiron bo’lib, ularning har 1/5 baxtsiz xodisa natijasida sodir bo’lgan. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) davlatlarida har yili 19 milliongacha kishi jarohatlanadi, o’rtacha 500 ming kishi halok bo’ladi, shundan 50-60 minggi yo’l - transport hodisasiga, 10 minggi yong’inga va 14 minggi bevosita ishlab chiqarishga to’g’ri keladi. MDH davlatlarida har yili 30 mingga yaqin kishi mehnat nogironi bo’ladi. Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 1989 yildan boshlab jarohatlanish darajasi mamlakatlar boyicha 4 foizga oshgan, ularning ayrimlarida esa bu ko’rsatgich 11-19% va undan ham yuqori bo’lmoqda. Bir yilda har 1000 ta kishiga to’g’ri kelgan o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling