O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


HFXning asosiy tushunchalari


Download 70.5 Kb.
bet2/4
Sana16.02.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1203691
1   2   3   4
Bog'liq
1 Amaliy Faning asosiy tushinchalari mohiyati xavf turlarini ularni

1. HFXning asosiy tushunchalari

Xavf – hayot-faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, u hodisa, jarayon va ob’ektlarning inson sog’lig’iga to’g’ridan-to’gri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qanday darajada zarar yetkazish qobiliyatini ko’rsatadi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi.


Tahlilning maqsadiga ko’ra xavfni harakterlovchi belgilar soni ko’payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Har qanday energiyaga, kimyoviy yoki biologik faol tashkil qiluvchilarga ega bo’lgan, hamda parametrlari inson hayot - faoliyat kechirish sharoitlariga to’g’ri kelmaydigan ko’rsatkichlarga ega bo’lgan har qanday tizim xavf tug’diradi.
Xavfsizlik - bu faoliyatning shunday bir xolatiki, bunda ma’lum bir ehtimollik bilan xavflarning yuzaga kelishi bartaraf qilingan bo’ladi.
Xavfsizlik bu insonlar oldiga koyilgan maqsaddir. HFX esa maqsadga erishishning vositasi, yo’li va usullaridir.
Xavflar taksonomiyasi tushunchasi xavflarni ma’lum bir belgisi boyicha klassifikatsiyalash, sinflash yoki guruhlashdir. Xavf ko’p belgilarga ega bo’lgan murakkab iyerarxik tushunchadir. Modomiki shunday ekan, faoliyat xavfsizligi soxasida ilmiy bilimlarni tashkil qilishda, xavflarning tabiatini chuqur aniqlashda va bilishda xavflarni taksonomiyalash muxim rol oynaydi
Xavflar nomenklaturasi ma’lum belgisiga ko’ra xavflarning tizimlashtirilgan nomi, tushunchalari royxatidir. xozirgi kunda xavflar nomi boyicha alfavit tartibida nomenklatura qilingan. Xavflar nomenklaturasining bir qismi quyida keltirilgan.
Ajal, alanga, alkogol, buzilish, vakum, vulqon, vahima, gaz, gerbitsid, dahshat, dard, dinamik zo’riqish, yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zahar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik, kuyish, loy, lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldiroq, meteoritlar, mikroorganizmlar, namlanish, pulsatsiya, pasayish, radiatsiya, rezonans, sogaymoq, saqlanish, sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, uzilish, urmoq, ultratovush, xujum, xavf, charchash, shamol, shovqin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro.
Aniq, maqsadli ilmiy izlanishlar olib borilganda har bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish, sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va x.k.) xavflar nomenklaturasi tuziladi.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling