O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Xavflar kvantifikatsiyasi


Download 70.5 Kb.
bet3/4
Sana16.02.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1203691
1   2   3   4
Bog'liq
1 Amaliy Faning asosiy tushinchalari mohiyati xavf turlarini ularni

Xavflar kvantifikatsiyasi - murakkab tushuncha bo’lgan xavflarni baholash, sifat jihatdan aniqlash uchun sonli tavsiflarni joriy qilishdir.
Amalda kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullari qo’llaniladi. Xavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli “tavakkal”dir.
Xavflarni identifikatsiyalash xavflarni identifikatsiyalash deganda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni amalga oshirish uchun xavflarning zarur va yetarli bo’lgan miqdoriy (sonli), vaqtiy, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish, aniqlash va belgilash jarayoni tushuniladi.
Identifikatsiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi, xavflarning sodir bo’lish extimolligi, fazoviy lokalizatsiyasi, ya’ni yuzaga kelish joyining koordinatalari, ko’riladigan taxminiy zarar va shunga o’xshash ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Faoliyatning potensial xavfga ega ekanligi hakida aksioma –Insoniyat tajribasi shuni ko’rsatadiki faoliyatning har qanday turida potensial xavf mavjuddir. Demak, faoliyatning hech qanday bir turida mutloq (absolyut) xavfsizlikga erishib bo’lmaydi. Bu tasdiq aksioma harakteriga ega. Bu aksiomaning metodologik va evristik ahamiyati kattadir.


2. Xavflarning guruhlanishi

Xavflarni kelib chiqish tabiatiga, sababiga, oqibatiga, zarariga, sohasiga, tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:


1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq).
2. Rasmiy standart boyicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
3. Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.
4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, halokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa.
5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, iqtisodiy. texnik, ekologik va boshqa.
6. Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) boyicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.
7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportga, ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi.
8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan) bo’linadi.
9. Insonga ta’sir qilish harakteriga ko’ra faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya xisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling