Geliş Tarihi / Receive
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar Sheriyatining İjtimoiylashuvi
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari ‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ ‚International journal of Humanities and Art ‛ [trk dergisi/2021] e-ISSN:2757-6388 Cilt/Volume:2 Sayı/Issue:1 29 Bolalar Sheriyatining İjtimoiylashuvi Bu o‘rinda shuni ham qayd etish kerakki, istiqlol davri yangi bolalar adabiyotining maydonga kelishiga 80-yillarning ikkinchi yarmi adabiyoti katta ta'sir ko‘rsatdi. Zero, ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom ma'nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni erksevarlik tuyg‘ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo‘ydi. Ana shu nuqtai nazardan Istiqlol davri bolalar adabiyotimiz o‘sishda, ulg‘ayishda, o‘zligini tanish yo‘lidagi izlanishda deyishga tamomila haqlimiz. Bugungi bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalaridan bo‘lmish Anvar Obidjonning ‚Aka-uka‛ she'ri shu jihatdan e'tiborga sazovor. She'rda mustaqil Vatan kelajagi bo‘lmish yosh avlod ramziy yo‘sinda kechagi kunimizdagi qo‘li bog‘liq, ko‘zi bog‘liq, istibdoddan yurak oldirib qo‘ygan katta avlodga qiyoslanadi. Akaning pastga, jarlikka ‚taka-puka‛ termilishi bejiz emas, chunki jarlik aslida tubanlik ramzi, ikkinchidan esa akaning ko‘z oldida xalqimizning istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan minglab farzandlari taqdiri turibdi: Jar bo‘yida turishar Aka-uka. Aka pastga termilar Taka-puka. Yuksakdagi lochinga Boqar uka, Go‘yo ko‘kda jim qanot – Qoqar uka (Obidjon, 2007: 72). Shoirning she'rdagi har bir so‘zga ma'naviy yuk yuklashi ana shu satrlarda namoyon bo‘lgan desak, adashmaymiz. Chunki, aka termiladi, ‚termilish‛da mahzunlik, zoriqish ma'nosi yetakchi, uka boqadi, ‚boqish‛da esa dadillik, mardlik ma'nosi ustivor. Ukaning nigohi ko‘kda parvoz qilayotgan lochinga tikilishi ham tabiiy, chunki ko‘k ham, unda parvoz qilayotgan lochin ham aslida erk timsollari. Ukaning esa parvozi baland – nigohi Istiqlolning yorishib kelayotgan porloq nurlariga – ko‘kka tikilgan. Shu bois uka yosh kitobxon ko‘z o‘ngida Lochin yanglig‘ Erkin, erki uchun kurashga tayyor Inson timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. ‚Uchinchi polapon‛ she'rida shoir ‚Aka-uka‛dagi mavzuni davom ettiradi, yanada rivojlantiradi. She'rda erkin qush – Lochin farzandlarining yovuzlik timsoli bo‘lmish Oqilon bilan hayot-mamot jangi tasvirlanadi. Yovuz Oqilon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling