1. Temirga boy mahsulotlarni iste'mol qiling
Organizmda gemoglobin ishlab chiqarilishi uchun unga temir juda zarur. Ushbu mikroelement yetishmovchiligida anemiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biri — temir taqchilligi rivojlanadi. Shuning uchun, gemoglobin miqdori pastlashi kuzatilishi bilan birinchi navbatda temirga boy mahsulotlarga murojaat qiling:
go‘sht va baliq;
jigar va boshqa ichak-chovoqlar (kalla-pocha) — buyrak, yurak, sigir yelini;
ismaloq, karam va boshqa yashil bargli sabzavotlar;
brokkoli;
loviya va yasmiq (chechevitsa);
tovuq tuxumi;
yong‘oq va pistalar;
quruq mevalar.
2. Menyuga tarkibida foliy kislotasi mavjud mahsulotlarni kiriting
Foliy kislotasi V guruhiga kiruvchi vitaminlardan biridir. U organizmda gemoglobin ishlab chiqarilishida qatnashuvchi muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Agar ushbu modda miqdori iste'mol qilinuvchi oziq-ovqat tarkibida yetarli darajada bo‘lmasa, foliy yetishmovchiligi turidagi anemiya avj olishi xavfi kelib chiqadi.
Quyidagilar foliy kislotasi manbasi hisoblanadi:
bargli ko‘katlar (ismaloq, salat bargi), kale karami;
dukkaklilar — loviya, no‘xot, yasmiq;
sarsabil;
tovuq tuxumi.
3. S vitaminini yodda tuting
Yetarli miqdordagi temir moddasini tanovul qilinuvchi mahsulotlar yoki bioqo‘shimchalar orqali qabul qilish muhim, albatta. Ammo bundan ham muhimrog‘i — ushbu mikroelement o‘zlashtirilishini ta'minlashdir. Organizmdagi S vitamini ovqatdan yanada ko‘proq temir qabul qilib olishga zamin yaratadi.
Uni quyidagi mahsulotlardan izlang:
sitrus mevalar — apelsin, mandarin, greypfrut;
qulupnay;
qorag‘at;
yashil bargli sabzavotlar — ismaloq, karam.
Do'stlaringiz bilan baham: |