3.4-rasm. DNK spiralini mikroilgak yordamida ilib olish va keyin tortib,
mikrobbinalarga (mikromokki) o‘rab olishni sxematik ko‘rinishi
yoki sintez qilingan DNK fragmenti (gen) o‘zidan o‘zi, mustaqil ravishda, xo‘jayin
– organizm hujayrasiga kira olmaydi. Tadqiqotchilarni aniqlashicha, genni ko‘chirib
o‘tqazish va uni faoliyat ko‘rsatishi uchun, boshqa
organizmni DNK si asosida
yaratilgan qo‘shimcha nanostruktura zarur bo‘lar ekan.
Savol tug‘iladi:
Boshqa DNK dan qo‘shimcha nanokonstruksiya qanday
qilib yaratiladi? Boshqa organizm DNK sidan yaratiladigan qo‘shimcha
nanokonstruksiya “vektor” degan nom oldi. Vektor boshqa
organizmga kiritishga
mo‘ljallangan gen saqlaydi va xo‘jayin organizm xujayrasini DNK siga kirib olish
xususiyatiga ega. Uni keyinchalik topish qulay bo‘lishi uchun, ba’zida
nishonlab
qo‘yiladi. Vektorlarni plazmidalar va viruslarni DNK si asosida yaratiladi.
Eng sodda plazmidali vektor quyidagi komponentlardan iborat:
1 – xo‘jayin – hujayra DNK siga kirishi kerak bo‘lgan gen;
2–plazmida va ko‘chirib o‘tkaziladigan genni replikatsiyasini ta’minlovchi
uchastok;
3 – gen kiritilgan plazmidani saqlovchi hujayrani
aniqlash imkonini beruvchi
marker;
4 – Plazmida DNK si.
Tirik organizm hujayrasida rekombinatsiya jarayoni faqat gomologik (bir xil)
DNK molekulalari orasida sodir bo‘ladi. Organizmdan tashqarida, rekombinatsiya
kelib-chiqishi har xil bo‘lgan DNK molekulalari orasida sodir bo‘lishi mumkin. Bu,
gen injenerligi metodining imkoniyatlarini anchagina kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: