Vektorlar –
viruslar yoki bakteriyalardan olinadigan qisqa xromosomalardan
tashqaridagi DNK fragmenti
– plazmidalar. Restriktazalar va ligazalar yordamida
olimlar vetorlarga DNK ni kerak bo‘lgan fragmentini (gen ) kiritdilar.
Vektorni
vazifasi – yangi DNK hujayraga kiritish va uni xo‘jayin – organizm DNK siga
joylashtirish.
Gen injeneriyasi metodlarini mukammallashtirish, qarindosh bo‘lmagan
organizmlarni shu jumladan evolyusiyani har xil bosqichida turgan
organizmlarni
ham genetik informatsiyalarini birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari,
“probirkada” (in vitro) rekombinant DNK yaratish
jarayonini boshqarish ham
mumkin. Albatta bunday sharoitda tirik organizmni to‘sib qo‘yuvchi
mexanizmlarini chetlab o‘tish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda gen
injeneriyasi metodlari dorivor moddalar ishlab – chiqarishda
hamda boshqa qator
jarayonlarda muvoffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Ularni asosida, keng masshtabda
insulin, interferok va interleykin ishlab chiqarilmoqda. Gen injeneriyasi asosida
transgen o‘simliklar olish texnologiyasi yaratilgan.
3.1-rasm. Gen injeneriyasi usuli bilan yaratilgan makkajo‘xorini yangi navlari
SHuningdek,
nafaqat sermahsul, balki yuqori darajada kasalliklarga va
parazitlarga chidamli bo‘lgan hayvon zotlari ham yaratilgan.Masalan, Belgiyada va
AQSH da kartoshkani va pomidorini yangi, kolorado qo‘ng‘iziga chidamli bo‘lgan,
insektitsidlarni 40-60% ga qisqartiradigan navlari yaratilgan.
Gen injeneriya bo‘yicha tajribalarni muvaffaqiyatli o‘tqazish uchun,
eksperimentator qanday konkret vazifalarni hal qilishi kerak?
Gen-injenerlik ishlarni bajarish uchun 3 vazifani bajarish talab qilinadi:
1) hujayraga ko‘chirib o‘tkazishga yaraydigan, rekombinant DNK yaratish;
2) rekombinant DNK ni hujayraga kiritish metodlarini ishlab-chiqish;
3) xo‘jayin – organizm hujayrasiga kiritilgan
genlarni normal faoliyat
ko‘rsatishi sharoit yaratish.
Gen tik injeneriya bo‘yicha har bir ish, bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
1) kerakli gen tabiiy manba’lardan ajratib olinadi yoki kimyoviy yo‘l bilan
sintez qilinadi;
2) Vektor (kerakli genni hujayraga tashib o‘tuvchi DNK molekulasi)
tanlanadi;
3) vektor va tashib o‘tadigan gen yagona strukturaga birlashtiriladi (DNK ni
rekombinant molekulasi);
4) vektor va gen saqlovchi birlashgan strukturani, xo‘jayin – organizmining
hujayrasiga kiritiladi.
3.2-rasm. Rekombinant (gibrid) DNK ning yaratilishi
Do'stlaringiz bilan baham: