Gen yoki nuqtali mutatsiya, xromosoma va genom mutatsiyalari
Download 37.96 Kb.
|
Gen yoki nuqtali mutatsiya, xromosoma va genom mutatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEN YOKI NUQTALI MUTATSIYA, XROMOSOMA VA GENOM MUTATSIYALARI”
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRILIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH 303-GURUH TALABASI ERGASHEVA MOXLOROYNING “GEN YOKI NUQTALI MUTATSIYA, XROMOSOMA VA GENOM MUTATSIYALARI” mavzusida tayyorlagan KURS ISHI TEKSHIRDI: ____________________ TAYYORLADI: ERGASHEVA M Mundarija
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Xozirgi kunda gen muxandistligida DNK klonlarini yaratish, rekombinant DNK olish eng ilg‘or, istiqbolli soha sifatida diqqatga sazovordir. Aniqlanishicha XXI asr boshida dunyo axolisining soni 5 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrning oxiriga borib bu ko‘rsatlich oshib 10 millardga yetishi kutilmoqda. Rivojlanib borgani sari inson extiyojlari oshib bormokda. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun klassik texnologiyalarning quvvati yetishmaydi. Chunki axolini oziq-ovqat va kiyim-kechak, enegiya bilan ta’minlash, ko‘pgina kasalliklarni aniqlash, davolash muammolari dolzarblashib bormoqda. Ehtiyojlarning ko‘pchiligini yangi biotexnologiyalarni qo‘llanish natijasida qondirish mumkin. Masalan, qand kasalligini davolash uchun gen injeneriyasi, genlarni klonlash usuli bilan odam insulinini ishlab chikarish, tuprokda va suvda zaxarli pestitsid koldikdarini parchalaydigan mikroorganizmlar yaratish, atmosfera azotini o‘zlashtiruvchi genlarni ko‘chirib o‘tkazib tuproqni azotli o‘g‘itlar bilan boyitish, zararli hasharotlarga va patogen (kasallik chaqiruvchi) mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi transgen o‘simlik m navlarini yaratish, sersut, go‘shtdor qoramol zotlarini ko‘paytirish o‘zining dastlabki samaralarini bermokda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlarida gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan muammolar tadqiq kilinmokda. Bugungi kunda mutatsiyalar bir qancha ijobiy natijalarga erishish bilan bir qatorda salbiy oqibatlarga olib keluvchi natijalar xam kuzatilmoqda. Xozirda faqatgina, asosan mikroorganizmlar va o‘simliklar ustida ish olib borilmoqda. Qisman chorvachilik va parrandachilik maqsadida xayvonlar ustida xam ko‘plab tajribalar amalga oshirilmoqda. Biroq bu borada insonlar ustida olib boriladigan tadqiqotlar malum darajada cheklangan bo‘lib, faqat malum bir organlarni o‘zini DNK si asosida “Organlar fabrikasi”ni yaratib, implantatsiya qilish ustidagi buyuk tadqiqotlar davom yetmoqda. Hozirgi vaqtda kun tartibida OITS (SPID), gepatit S va parranda grippining qo‘zg‘atuvchisi N5N1 virusiga qarshi vaksina yaratish masalasi ko‘ndalang turibdi. Download 37.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling