Gen yoki nuqtali mutatsiyalar . Mutatsiya va DNK replikatsiyasining molekulyar mexanizmlari - Gen yoki nuqtaviy mutatsiyalar
- Gen (nuqtaviy) mutatsiyalar barcha organik formalarga xos bo‘lib, ular ayrim hujayralarda hosil bo‘lib, ayrim olingan individlarda (mu-tantlarda) sakrash tarzida namoyon bo‘ladi. Yovvoyi turlarga xos genlar odatda yovvoyi tipdagi genlar, agar u o‘zgargan bo‘lsa, unda mutant gen deb ataladi.
- Aslida ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. CHunki yovvoyi tipdagi genlar ham bir vaqtida mutant bo‘lgan va ular turning evolyusiyasi davrida tabiiy
- tanlanishga uchragan va turlarning yashab qolishi uchun xizmat qilgan. Foydali
- mutant genlarni tabiatda ma’lum turlarning har bir individlarida
- uchratish mumkin bo‘ladi, boshqacha aytganda, ularning har biri shu genning
- tashuvchisi hisoblanadi.
- Ko‘pchilik hollarda yangi hosil bo‘lgan mutatsiyalar retsessiv holatda
- bo‘ladilar. Bu turlarning mavjudligi uchun juda muhim, chunki ko‘pchilik yangi
- paydo bo‘layotgan mutatsiyalar genotipning bir butunlik tizimini buzib, unga
- zarar etkazadilar. Ammo ularning retsessivlik xarakteri uzoq vaqt davomida
- tur individida geterozigota holatida unga zararsiz holda saqlanib
- kelgusida gomozigota holatga o‘tgandagina fenotipda namoyon bo‘lishiga imkon
- beradi. Gen allellarining retsessiv holatdan dominant holatga o‘tishi
- kamroq amalga oshadiganday tuyiladi. Lekin bu hamisha shunday emas.
- Retsessiv allellarning dominant allelga mutatsiya berishi (a→A) teskari
- mutatsiya, dominant allelning retsessiv allelga mutatsiya berishi (A→a)
- to‘g‘ri mutatsiya deb ataladi. Teskari mutatsiya jarayoni gen reversiyasi deb
- ataladi. To‘g‘ri mutatsiyalar ko‘proq retsessiv mutatsiyalar, teskari
- mutatsiyalar esa dominant mutatsiyalar deyiladi. Boshlang‘ich gen yangi holatga
- oraliq bosqichlarsiz o‘tadi. To‘g‘ri mutatsiyalarning kelib chiqish chastotasi
- har xil genlarda turlicha bo‘lib, o‘rtacha har 100 ming yoki 1 million genlarga
- bittadan beshtagacha mutatsiya to‘g‘ri keladi. Aynan bir xil mutatsiyaning o‘zi
- har xil vaqtda vujudga kelishi mumkin. Bu genlarning bir yo‘nalishda bir
- necha marta mutatsiya berishi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |