Generativ a’zolar


Download 63 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi63 Kb.
#1282109
  1   2   3   4
Bog'liq
to\'pgullar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

Tabiiy fanlarfakulteti


Biologiya” yo’nalishi


101- guruh talabasi
ISKANDAROV ABDULLOning
botanika fanidan

MUSTAQIL ISHI


Qabul qildi: Rahimova G. Topshirdi: ISKANDAROV A.


Namangan- 2016

TO’PGULLAR. CHANGLANISH. URUG’LANISH.


REJA:
1.To’pgullar va ularning turlari.
2.Changlanish va uning turlari.
3.Urug’lanish jarayoni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
To`pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to`pgul deyiladi.. To`pgullarni shoxlanish usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz.
1. Monopodial shoxlanuvchi to`pgullar.
2. Simpodial shoxlanuvchi to`pgullar.
Monopodial shoxlanuvchi to`pgullarda o`sish nuqtasi cheksiz o`sish xususiyatiga ega bo`lib, yon shoxlarining soni noaniq bo`ladi. Bunday to`pgullarda gulning asosiy o`q qismi yaxshi ifodalangan bo`lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi.
Simpodial shoxlanuvchi gullarning o`sishi chegaralangan bo`lib, hatto har bir tur va oilaga kiruvchi, o`simlikda farq qiladi. Bunday to`pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Monopadial to`pgullar o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi.
1. Oddiy monopodial to`pgullar.
2. Murakkab monopodial to`pgullar.

  1. Oddiy monopodial to`pgullarga quyidagilar kiradi.

1.Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo`lib bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ayrim gullar hosil bo`ladi. Shingil- kist. Shingilga o‘xshash gul to‘plarida gulning o‘qida pastdan yuqoriga qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan bir oz uzunroq bo‘ladi. Mas, butsimon gullilar oilasi: jag‘-jag‘, supurgi o‘t, gorchitsa.
beda, shirach, yer yong`oq, oq akatsiya va hokazo.
2.Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo`ladi. Oddiy boshoq-prostoy kolos. Oddiy boshoq shingilga o‘xshash to‘pgul. Lekin uning gullari gul o‘qida bandsiz joylashgan bo‘ladi, mas. zupturum, qiyoq o‘t.
3. Qalqonsimon to‘p gul - shitok. Qalqonsimon to‘pgullar bir satxga joylashgan bo‘ladi. Chunki ularning gul o‘qidagi pastki gullari uzun bandli, yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda gul o‘qidan o‘sib chiqqan gullar bitta satxni egallaydi. Dasta to`pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo`ladi. Masalan: olma, nok, do’lana.
4. Oddiy soyabon-prostoy zontik. Oddiy soyabonda gul o‘qining yuqori tomonidan barobar bandli gullar o‘sib chiqib, 1 ta satxni egallaydi. Mas. olcha, piyoz, chesnok
Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo`lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo`lib joylashadi.
5. Кuchala - Yong`oq, tol, qayin kabi o`simliklarda pastga qarab osilib turadi.
6. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to‘plangan bo‘ladi. Ularda gullarning uchi tarelka yoki plastinka o‘xshab o‘sgan bo‘ladi. Gullar shu gulning o‘qiga bandsiz o‘rnashgan.
Savatcha to`pgulda tarelkasimon gul o`rnida cheksiz gul joylashgan bo`ladi. Masalan: kunga boqar, qoqio`t, bo`tako`z va hokazo.
4. Murakkab boshoq-slojnыy kolos. Bunda gullarning asosiy o‘qi tarmoqlanib ketadi. Asosiy o‘qining tarmog‘ida ayrim boshoqlar joylashgan bo‘ladi. Mas. bug‘doy, arpa, suli.

Download 63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling