Generativ a’zolar
Download 63 Kb.
|
to\'pgullar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ro`vak
- 2. Dixaziy
2.Murakkab monopodial to`p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi.
1. Murakkab boshoq (bug`doy, arpa) 2. Murakkab soyabon (ukrop sabzi) Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o‘qidan qo‘shimcha gul o‘qchalar o‘sib chiqadi. Bu gul o‘qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. 3. Ro`vak (nastarin). Simpodial to`pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon novdani hosil bo`lishiga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo`linadi. 1. Monoxaziy to`pgullar. a) Gajak to`pgul. Asosi strelkasimon buralgan bo`lib, uning asosiy tanasi gul bilan tugaydi va hosil bo`lgan gullar bir tomonda joylashgan bo`ladi. (kampirchoponlar oilasi). b) Burma to`pgul gulsafsar, ilongul mingdevona kabi o`simliklarda gullar bir -biriga qarama qarshi tomonga kyetadi. 2. Dixaziy - ayri to`pgul 2 ta shoxlangan bo`ladi. Ular o`z navbatida shoxlanib 1 ta gul bilan tugaydi. (chinnigul, qoramiq). 3. Pleyoxaziy (sutlamadosh). Bunig asosiy o`qi ancha qisqargan bo`lib, uning atrofida doira holida o`rnashgan bir qancha o`qlardan tashkil topgan to`pgullar joylashadi.To`pgullar muhim biologik ahamiyatga ega. Navbat bilan ochilishi sovuq urishidan saqlaydi. Кo`p urug` hosil qiladi. Hashorat tezda changlatadi. Gulli o`simliklarning gullash jarayoni turlichadir. Кo`pchilik shamol bilan changlanuvchi o`simliklar novdasida dastlab gul hosil bo`lib keyinchalik barg paydo bo`ladi. (Bodom, tog`olcha, shaftoli, o`riq). Кo`pchilik bargini to`kadigan o`simliklarda (qayin, emanda) barg va gul hosil bo`lishi bir vaqtning o`zida ro`y beradi. Ayrim o`simliklar guli ertalab ochilsa, noqulay ob-havo sharoitida yopilib qoladi (kanop, shafran). Durman, tamaki gullari kunduzi yopiq bo`lsa, kechasi ochilib turadi. To`pgullarda gul ochilishi ham turlicha. Masalan: shingil, to`pgulda pastki gullar yuqoriga qarab ochilib borsa, murakkab boshoqda o`rtadan gulning uchiga va asosiga qarab ochiladi. Murakkab gullarda savatchaning chetidan o`rtasiga qarab ochiladi. G`o`zada dastlab pastki gullar ochilsa vegetatsiyaning oxirida poyaning uchidagi gullar ochiladi. O`simliklarning gullash davri ham turlichadir. Masalan: olma, nok, olxo`ri, pista kabi o`simliklar 6-12 kun gullaydi. G`o`za esa bir necha oy davomida gullaydi. Limon o`simligi qulay iqlim sharoitida muntazam gullab boradi. Gul hosil qilish o`simlikning turiga bog`liqdir. Masalan: qayin 10-12 yildan keyin shaftoli 3-5, jo`ka 20-25, eman 80-100 yoshida gul hosil qilish xususiyatiga ega. Gul hosil qiluvchi kurtaklar yozda hosil bo`lib, qishlab bahorda gul hosil qiladi. Gul yetilganidan keyin changdonda yetilgan changning onalik tumshuqchasiga tushishi changlanish deb ataladi. Changlanishni quyidagi 2 ta usuli mavjud. 1. O`z-o`zidan changlanish. 2. Chetdan changlanish Tabiatda ko`pchilik o`simliklar kleystogamli gullar hosil qilsa (Yopiq gullaydigan gullar), ayrimlari xaziogamli (ochiq gullovchi) gullar hosil qiladi. Masalan: yeryong`oqda tuproq yuzasidan yuqori qismida xaziogamli gul hosil qilsa, tuproq ostida kleystogamli gul va meva hosil qiladi. Download 63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling