RNK ning posttranskripstion o'zgarishlari.
Yadroda RNK ning hamma o'tmishdoshlari posttranskriptsion yetilish yoki protsessing bosqichini o'tadi. Protsessing natijasida pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan "ortiqcha" qismi olib tashlanadi va "yetilgan" - ma'lum vazifani bajaradigan RNK hosil boTadi.
RNK protsessingi.
Pre-mRNK ning protsessingi. Pre-mRNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar ekzo- va endonukleaza deb ataluvchi ribonukleazalar yordamida amalga oshadi. Ular 51 -oxiridan boshlab fosfodiefir bogTarini gidrolizlaydilar va pre- Protsessingda uch amal bajariladi:
1) pre-RNK dagi axborot saqlamaydigan qismlar kesib, ajratib olinadi;
2) axborot saqlovchi "uzilgan" genlaming birikishi - splaysing;
3) RNK nin2 51—>31 -oxiri nismlarining modifikatsivasi
mRNK dan tayyor mRNK ning zarur qismini qoldiradi. Agar pre-mRNK tarkibida transkriptondan olingan, uzilgan genlar boTsa, unda pre-mRNK ning ichki qismida joylashgan intron (axborot saqlamaydigan qism) kesib tashlanadi. Qolgan ekzonlar esa maxsus RNK-ligazalar yordamida bitta zanjirga tikiladi. Natijada transkriptsiyadan keyingi polipeptid zanjirni kodlovchi uzluksiz genlar qayta tiklanadi. Keyin shu yerda, ya'ni yadroning ozida hosil boTgan mRNK ning 51- va 31- oxirlarining modifikatsiyasi amalga oshadi. mRNK ning 51- oxiriga "qalpoq" yoki "KEP" deb nomlanadigan oligonukleotid ulanadi. Bu "qalpoq" 2 yoki 3 ta metillangan nukleotiddan iborat. Bunday metillangan "qalpoq" mRNK ni 5'- ekzonukleza ta'siridan himoya qiladi.
Eukariotlarda mRNKning 31- oxiriga taxminan 200 nukleotiddan iborat poliadenilli fragment - poli (A) birikadi. Birikish poli (A)-polimeraza yordamida amalga oshadi. Bu poli (A) - fragment mRNK ning yadrodan sitoplazmaga oTkazilishi uchun zarur.
Pre-rRNK ning protsessingi. Pre-rRNK rRNK ning transkriptoni joylashgan yadrochada hosil boTadi. Protsessing natijasida pre-rRNKning yarmidan sal ko'prog'i qoladi. rRNK bir qism nukleotid asoslari metillanishi natijasida modifikatsiyaga uchraydi. Yetilgan rRNK sitoplazmadan kelgan ribosoma oqsillari bilan yadroda ribosomaning kichik va katta subbirliklarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |