Genetik axborot uzatilishini kuzatish
Download 99.39 Kb.
|
GENETIK AXBOROT UZATILISHINI KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qadam
- Elongatsiya bosqichi Terminatsiya.
Birinchi qadam. Ribosomani chap tomonida joylashgan tRNK antikodoni
bilan mRNK kodoniga, aktseptor qismi esa uzayuvchi peptidga bog'langan. Peptidil-tRNK ga kiruvchi bu peptid katta subbirlikda joylahsgan P-qism bilan bogTanadi. Birinchi qadamda mRNK ning erkin holatdagi ikkinchi kodoni ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK antikodoni bilan juftlashadi. tRNK ning aminoatsilli oxiri ribosomaning katta subbirlikdagi A-qismi bilan bogTanadi. Shu bilan birinchi davr, ya'ni bogTanish jarayoni tugaydi. Energiya manbai sifatida GTF ning fosfat bogTari sarflanadi. Ikkinchi qadam -transpeptidatsiya, peptidil guruhini chapdagi tRNK dan aminoatsil-tRNK ning aminoguruhiga o'tkazilishi. Natijada ribosomaning A va P qismlarida joylashgan aminokislotalar orasida yangi peptid bog'i tuziladi. Bu jarayonni peptidiltransferaza katalizlaydi, A qismda dipeptidil tRNK hosil boTadi. P qismda esa bosh, yuklanmagan tRNK formilmetionin qoladi. Endi ribosomaning A qismi bilan yangi aminoatsil-tRNK birikadi va sikl takrorlanaveradi. Elongatsiya siklining 3-qadamida ribosoma mRNK bo' у lab З'-oxiriga qarab bir kodonga siljiydi. Dipeptidil tRNK A qismdan P qismga kochib, ozod bolgan tRNK P-qismdan ajralib, sitoplazmaga otadi. Endi A-qismda mRNK dagi 3-kodon joylashadi. Ikkinchi kodon esa P-qismda boshab qoladi. Bunday siljishga translokatsiya deyiladi. Bu bosqich uchun yana bir elongatsiya faktori EF-G yoki translokaza fermenti ishtirok etadi. Endi ribosoma unga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan navbatdagi siklga tayyor; uchinchi aminokislota qoldig i ham xuddi ikkinchi aminokislota qoldig'i kabi birikadi. Shunday qilib, har bir aminokislotani o'sayotgan polipeptid zanjiriga qo shilishi uchun ikki molekula GTF sarf boTadi. Elongatsiya mRNK toTiq o'qib boTinguncha davom etadi. Elongatsiya bosqichi Terminatsiya. Translyatsiyaning oxirgi bosqichi terminatsiya deb ataladi. Oqsil sintezida polinukleotid zanjiri maxsus terminatsiyalovchi kodonlari UAA, UAG, UGA tripletlaridan biriga tog'ri kelganda uziladi. Bu tripletlar ma'nosiz tripletlar deb ataladi, chunki ularning birortasi aminokislotani kodlamaydi; ularga amber(qahrabo), achre(oxra) va opal(opal) nomlari berilgan. Download 99.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling