Genetik axborot uzatilishini kuzatish
Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi
Download 99.39 Kb.
|
GENETIK AXBOROT UZATILISHINI KUZATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Initsiatsiya bosqichining boshlanishi.
- Initsiatsiya kompleksining hosil bolishi.
- Polipeptid zanjirning elongatsiyaga tayyor bo lishi. Elongatsiya.
Ribosomalarda oqsil sintezining mexanizmi. Ribosomalardagi oqsil sintezi yoki translyatsiya uch bosqichga boTinadi: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (polipeptid zanjirining uzayishi) va terminatsiya (tugashi).
Initsiatsiya. Initsiatsiya juda murakkab va muhim bosqichni boshlab beruvchi reaktsiya. Bu bosqichda oqsil sintezi uchun lozim boTgan apparat ayrim komponentlardan yigTlib, ish boshlashga tayyorlanadi. Translyatsiyaning boshlanishi sekinlik bilan boradigan jarayon. Ribosomalar translyatsiya jarayonining markazi boTganligi uchun mRNK bilan bogTanishi kerak. Ribosoma ishlamagan holatida subbirliklarga ajralgan boTadi. Yadrodan sitoplazmaga oTgan mRNK kichik subbirlikning katta subbirlikka birikadigan yuzasi bilan bogTanadi. Subbirlikka birikadigan nuqta RNK ning 5'-oxiri bilan yonma-yon joylashgan, shuning uchun RNK dasturini "o'qish" 51 —>31yoki NH2—>COOH yo'nalishida boradi. Subbirliklar chegarasida mRNK ning faqatgina ikkita kodoni joylasha oladi. Initsiatsiya bosqichining boshlanishi. Faol boTmagan ribosoma va uning ikkita qismi: P- peptidil; A- aminoatsil mRNK ni 5'-oxirining birinchi kodoni AUG yoki GUG. Bu kodonlar boshlovchi - initsiyatsiyalovchi kodonlar deb atalib, ribosomalardagi translyatsiya har doim aynan ulardan boshlanadi. Bu kodonlarga antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikki turdagi metionil-tRNK boTadi. Ulardan biri doim initsiatsiyada ishtirok etadi, ikkinchisi esa elongatsiya jarayonida ishtirok etadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi NH2 guruhi formil guruhi bilan blokirlangan formilmetionin-tRNK dan boshlanadi. Bundan tashqari initsiatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (Fb F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga kirmaydi va yengillashtiradi. Initsiatsiya kompleksining hosil bolishi. Bu birlamchi kompleks (initsiatsiya faktorlari - kichik subbirlik - mRNK - GTF) ga katta subbirlik birikadi va shundan so'ng initsiatsiya faktorlari ribosomadan ajralib chiqadi. Subbirliklarning birikishi uchun kerak boTgan energiya GTF gidrolizi natijasida hosil boTadi. Hosil boTgan initsiator kompleksi (mRNK, ribosoma va metionil-tRNK) elongatsiyaga tayyor. Metionil-tRNK o zini antikodoni bilan mRNK ni AUG kodoniga o'ziga xos juftlashadi, ya'ni mRNK ga vodorod bogTari bilan "osilib qolgan"ga o'xshaydi, aminokislota joylashgan aktseptor oxiri esa ribosomaning katta subbirligiga yopishgan boTadi. Polipeptid zanjirning elongatsiyaga tayyor bo lishi. Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi: aminoatsil-tRNK ning bog' lanishi; transpeptidatsiya (peptid bogining hosil bo'lishi); translokatsiya (mRNK ning bitta triplet ga siljishi) Download 99.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling