Genetik injeneriya va biotexnologiya


Download 0.72 Mb.
bet3/8
Sana27.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1132856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Genetik injeneriya va biotexnologiya

4. Genetik bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun kuchli xotiragina emas balki barqaror diqqat bilan mustaqil fikrlashdagi mantiqiy tafakkurning rivojlanganligi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi oldida to‘rgan vazifalardan biri o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ya’ni o‘rganilayotgan o‘quv materiallarni analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga o‘rgata borishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.

  • 4. Genetik bilimlarni puxta o‘zlashtirish uchun kuchli xotiragina emas balki barqaror diqqat bilan mustaqil fikrlashdagi mantiqiy tafakkurning rivojlanganligi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi oldida to‘rgan vazifalardan biri o‘quvchilarning mustaqil fikrlashdagi mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, ya’ni o‘rganilayotgan o‘quv materiallarni analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish va xulosa chiqarishga o‘rgata borishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
  • 5. Genetikadan masalalar echish uchun o‘quvchilar «Sitologiya asoslari», «Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari», «Organizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi» bo‘limlaridagi bilim zaxiralaridan foydalanishlari, genetikadan esa fenotip, genotip, dominant, restessiv, gomozigota, geterozigota, allel, noallel genlar kabi atamalarning tub mazmunini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari hamda genetik simvollardan foydalana olishlari shart.

Ikkinchi masala bayoni.

  • Ikkinchi masala bayoni.
  • Dars genetikaning rivojlanish tarixi, tadqiqot metodlari, genetik simvollar bilan o‘qituvchilarni tanishtirishdan boshlanadi.
  • G.Mendel uz tadqiqotlarida no‘xat o‘simligining bir-biridan keskin tafovut qiluvchi formalarini chatishtirish va duragay organizmlarda ota-ona formalarining ayrim belgilari irsiylanishini o‘rganib, irsiyat qonunlarini kashf etdi. Tajribalarida gultoj barglari qizil va gultoj barglari oq rangda bo‘lgan no‘xat o‘simligini chatishtiradi deb o‘qituvchi sinf doskasiga:
  • R qizil X oq
  • deb yozadi. Hosil bo‘lgan F1 duragaylar guli tekshirilganda ular qizil rangda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Olingan natijani xulosalab o‘zining birinchi qonunini kashf etdi. Mendel olgan irsiyatning birinchi qonuni birinchi avlod duragaylarining «Bir xillik» yoki «Dominantlik» qonuni deyiladi. G‘olib kelgan belgini Mendel dominant belgi rivojlanmagan, ya’ni mag‘lub bo‘lgan belgini esa restessiv belgi deb atagan.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling