komplementar kodon bilan spetsifik vodorod bog‘lari hosil bo‘lishini
ta’minlaydi. Shuning uchun transport qilinayotgan aminokislota
sintezlanayotgan polipeptid zanjirda to‘g‘ri holatni egallaydi. Bir
aminokislota uchun bir necha tRNK bo‘lishi mumkin va ular
izoakseptor tRNKlar deb ataladi. Hozirgi vaqtda 60 xil tRNK ochilgan,
ko‘
pchilik
tRNKlarni molyar og‘irligi 24000-29000. O‘z molekulasida
75 dan 85 tagacha nukleotid saqlaydi, ulardan 8 va undan ko‘prog‘i
modifikatsiyalangan asoslardir. Barcha tRNKlarni uchlamchi
strukturasi bir-biriga juda o‘xshash. Barcha ochilgan tRNKlarning
birlamchi strukturasi aniqlangan. Ma’lumki, tirik organizmlar
hujayralarning strukturasiga qarab 2 guruhga – prokariot va
eukariotlarga bo‘linadilar. Prokariotlar membrana bilan o‘ralgan
Do'stlaringiz bilan baham: |