Genetika fani asoslarini o’qitishda gameta olishning oson usullari


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1512351
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
копия-Genetika fanida gameta olishning oson usullari

1. ABC 2. Abc 3. AbC 4. Abc
5. aBC 6. aBc 7. abC 8. abc
Yuqoridagi usul ham uzoq yillar ustozlarimiz tomonidan o’quvchilarga yetkazib
kelingan o’ziga xos sxematik usul hisoblanadi.
5- USUL
Mana endi 5-usulga ham yetib keldik.24 yillik tajribam asosida ayta olamanki, bu
usul genetikadan masala yechishda gameta olishning eng oson usuli bo’lib qoladi. Bu
usulni darslarimda qo’llaganman va yuqori samaraga erishganman. Shuning uchun
sizlarga ham tavsiya etyapman. Malaka oshirish kurslarida ham biologiya ustozlarimiz
uchun o’tkazilgan so’rovlarda asosan genetikadan masalalar yechishni o’rganish
mavzusi ko’p yillar oldingi o’rinda turgan. Menimcha, hozir ham bu mavzuga bo’lgan
qiziqish ahamiyatini yo’qotmagan. Kursdagi ustozlarimizga bu usulda gameta olishni
doskada yozib , mohiyatini tushuntirganimda ular eng oson va qulay usul shu 5- usul
ekanligini ta’kidlaganlar. Siz ham shu usulni qo’llab ko’rishingizni tavsiya etaman.
Albatta, bu yuqori samara beradi , deb ishonaman.
Bu usulda quyidagilarga e’tibor berasiz:
1. Genotipda belgilar (harflar) nechtasi katta va kichikda har xil bo’lib (geterozigota
Aa, Bb, Cc) yoki nechtasi bir xil (AA, BB, CC, aa, bb, cc) holda turganligini ko’rib
chiqasiz;
2. Genotipda jufti bilan bir xilda turgan harflar xoh katta (dominant gomozigota AA,
BB, CC) xoh kichik harfda (retsessiv gomozigota aa, bb, cc) bo’lsin, tepasiga
(nol) qo’yib olasiz, chunki ular gametada o’zi yoziladi , ko’paytirilmay o’tib ketiladi.
Pastiga esa o’ harfini yozib qo’yasiz, chunki gametalar kombinatsiyasini (hosil
bo’ladigan gametalarni) yozganimizda ularni o’zi yoziladi.
3. Chapdan o’ngga har xil turgan harflardan boshlab 2,4,8,16,32,,, deb boshlab tepasiga
yozib olasiz;


4. So’ngra har xil turganiga (geterozigotasiga) o’ngdan chapga 1,2,4,8,16,32,,,deb
pastiga yozib olasiz ;
Demak, 5- usulimizning e’tibor beradigan 4 jihati bor ekan. Keling, shu usulda gameta
olib ko’ramiz. Bizga quyidagi genotip berilgan deylik: AaBbCCDd Yuqoridagi 4
tamoyilga solib ko’ramiz.
1.Bunda 3 ta belgi har xil (geterozigota AaBbDd) va 1ta bir xil (gomozigota
dominant CC) jami 4 ta belgi bor ekan.
2. Shu bir xil turgan belgini ifodalovchi harfni tepasiga (nol), pastiga o’ harfini
yozib olamiz:
0
AaBbCCDd

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling