Genetika fani asoslarini o’qitishda gameta olishning oson usullari
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
копия-Genetika fanida gameta olishning oson usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu usulda quyidagilarga e’tibor berasiz
1. ABC 2. Abc 3. AbC 4. Abc
5. aBC 6. aBc 7. abC 8. abc Yuqoridagi usul ham uzoq yillar ustozlarimiz tomonidan o’quvchilarga yetkazib kelingan o’ziga xos sxematik usul hisoblanadi. 5- USUL Mana endi 5-usulga ham yetib keldik.24 yillik tajribam asosida ayta olamanki, bu usul genetikadan masala yechishda gameta olishning eng oson usuli bo’lib qoladi. Bu usulni darslarimda qo’llaganman va yuqori samaraga erishganman. Shuning uchun sizlarga ham tavsiya etyapman. Malaka oshirish kurslarida ham biologiya ustozlarimiz uchun o’tkazilgan so’rovlarda asosan genetikadan masalalar yechishni o’rganish mavzusi ko’p yillar oldingi o’rinda turgan. Menimcha, hozir ham bu mavzuga bo’lgan qiziqish ahamiyatini yo’qotmagan. Kursdagi ustozlarimizga bu usulda gameta olishni doskada yozib , mohiyatini tushuntirganimda ular eng oson va qulay usul shu 5- usul ekanligini ta’kidlaganlar. Siz ham shu usulni qo’llab ko’rishingizni tavsiya etaman. Albatta, bu yuqori samara beradi , deb ishonaman. Bu usulda quyidagilarga e’tibor berasiz: 1. Genotipda belgilar (harflar) nechtasi katta va kichikda har xil bo’lib (geterozigota Aa, Bb, Cc) yoki nechtasi bir xil (AA, BB, CC, aa, bb, cc) holda turganligini ko’rib chiqasiz; 2. Genotipda jufti bilan bir xilda turgan harflar xoh katta (dominant gomozigota AA, BB, CC) xoh kichik harfda (retsessiv gomozigota aa, bb, cc) bo’lsin, tepasiga 0 (nol) qo’yib olasiz, chunki ular gametada o’zi yoziladi , ko’paytirilmay o’tib ketiladi. Pastiga esa o’ harfini yozib qo’yasiz, chunki gametalar kombinatsiyasini (hosil bo’ladigan gametalarni) yozganimizda ularni o’zi yoziladi. 3. Chapdan o’ngga har xil turgan harflardan boshlab 2,4,8,16,32,,, deb boshlab tepasiga yozib olasiz; 4. So’ngra har xil turganiga (geterozigotasiga) o’ngdan chapga 1,2,4,8,16,32,,,deb pastiga yozib olasiz ; Demak, 5- usulimizning e’tibor beradigan 4 jihati bor ekan. Keling, shu usulda gameta olib ko’ramiz. Bizga quyidagi genotip berilgan deylik: AaBbCCDd Yuqoridagi 4 tamoyilga solib ko’ramiz. 1.Bunda 3 ta belgi har xil (geterozigota AaBbDd) va 1ta bir xil (gomozigota dominant CC) jami 4 ta belgi bor ekan. 2. Shu bir xil turgan belgini ifodalovchi harfni tepasiga 0 (nol), pastiga o’ harfini yozib olamiz: 0 AaBbCCDd Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling