15- masala. Otasi ham, onasi ham qora jingalak sochli oilada
malla, silliq sochli bola tug‘ildi. Ota va ona genotipini aniqlang.
16- masala. Paxmoq junli oq quyon bilan paxmoq junli qora quyon
chatishtirilganda bitta oq, silliq junli quyonlar olindi. Masalada
berilgan malumotlarga ko‘ra ota va ona genotipini aniqlash
mumkinmi?
17-masala. Pomidorning gomozigota uzun poyali, geterozigota
qizil va yumaloq formasi, gomozigota kalta poyali, sariq va
noksimon mevali formasi bilan chatishtirilgan. F
1
duragaylaring
genotipini aniqlang?
18-masala. Sariq burishgan va sariq silliq no‘xatlar chatishtirilib,
1;1 nisbatdagi sariq burishgan va sariq silliq no‘xatlar olindi. Ota-
ona genotip va fenotipini aniqlang?
19-masala. Oq rangli, yassi shaklli qovoq bilan sariq rangli,
dumaloq shaklli qovoqlar chatishtirilib, 25% oq, dumaloq, 25% oq,
yassi, 25% sariq, dumaloq, 25% sariq yassi mevalar olindi. Ota-
ona genotiplari qanday bo‘ladi?
20-masala. No‘xat o‘simligida doning sariq rangli bo‘lishini
dominant K geni, yashil rangli bo‘lishini resessiv k geni, dominant
silliq formada bo‘lishini dominat © geni va doning burishgan
shaklda bo‘lishini resessiv (c) geni belgilaydi. Qanday genotipga
ega bo‘lgan o‘simliklarni chatishtirishda, 50% burishgan donlar
xosil bo‘lishini aniqlang.
21-masala. Pomidor mevasining qizil rangli (A) yumaloq shakli
(B) formasi bilan sariq rangli (a) noksimon (b) formalari
chatishtirilganda F
1
da 25% yumaloq qizil, 25 % qizil noksimon, 25
% sariq yumaloq, 25 % sariq noksimon formalar hosil bo‘ladi. Ota-
onaning va F
1
duragaylarining genotipini toping.
22-masala. Itlar yungining qora rangi- jigarrang ustidan, kalta
yungi- uzun yungdan to‘liq dominantlik qiladi. Ikkala juft genlar
har xil autosoma xromosomalarda joylashgan.
Ovchi qora va kalta yungli itlarni ko‘paytirish maqsadida xuddi
shunday genotipli itlarni chatishtirgan. Lekin ularning avlodidagi
kuchukchalarning ma‘lum qismigina qora, kalta yungli bo‘lgan.
Qolganlari esa qora, uzun yungli yoki jigarrang, uzun yungli
bo‘lgan. Chatishtirish uchun olingan itlarning genotiplarini
aniqlang. Ovchi itlari gomozigota qora, kalta junli ekanligini
tekshirish uchun qanday chatishtirish o‘tkazilishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |