Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
GENETIKA
panjalari orasida parda(sindaktiliya) bo'lishi Y— xromosoma bo'lishi bilan bog'liq.
Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanish aksariyat ko'pchilik organizmlarda jinsiy X— xromosoma bilan bog'liq bo'lganligi bois masala yechishga kirishishdan oldin, chatishtirilayotgan indivilarning qaysi jinsi gomozigotali va qaysi jinsi geterozigotali ekanligini aniqlab olish zarur. Jinsiy X— xromosomaga birikkan belgilar. Jinsni Somatik Gametalar Getero aniqlash Organizmlar hujayralar gametali ning aso-siy turlari jins Spermatozoid Tuxum hujayralar XY Sutemizuvchi- lar,odam, drozofila va boshqa ko'pgina turlar XX XY X, Y X,X Erkak XY Qushlar, kapalaklar, ilonlar, aksolotoriya va boshqalar. XY XX X,X X,Y Urg'ochi XO Chigirtka, ninachi, qandala, kenguru. XX XO X,O x,x Erkak XO Kaltakesak, kuya va boshqalar. XO XX X,X X,O Urg'ochi T /r Belgilar Organizm Gen 1 Gemofiliya Odamlarda Retsessiv 2 Dyushen mushak distrofiyasi Odamlarda Retsessiv 3 Daltonizm Odamlarda Retsessiv 4 Tish emalining qorayishi Odamlarda Retsessiv 5 Ter bezlarini bo'lmasligi Odamlarda Retsessiv “Nursux Nuri”ATM Mirzayev Husniddin Masalalar. 1. Normal rang ajratish geni (dominant) va daltonizm geni (retsessiv) X xromosomaga joylashgan. Daltonik erkak kishi sog'lom ayolga uylanganda oilada daltonik qiz tug‗ ildi. Ota-ona genotipini aniqlang. 2. Y xromosomaga bog‗ liq bo'lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to‗ lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo'lib, X xromosoma bilan bog'liq. Har ikkala belgi bo'yicha normal ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo'lgan o 'g'il tug'ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo'lishi mumkinmi? Ikkita belgi bo'yicha normal farzand tug'ilishi mumkinmi? U qanday jinsli bo'ladi? 3. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-soqov erkak sog'lom ayolga uylanganda oilada bitta o 'g'il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo'lib tug'ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo'yicha ham kasal qiz tug'ilishi mumkinmi? 4. Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylashgan dominant gen tomonidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o‗ zaro to'liq bog‗langan (krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi bo‗yicha geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip bo‗yicha qanday avlod kutish mumkin? 5. Odamda rezus-omil geni bilan eritrotsitning shaklini belgilaydigan gen birikkan holda nasldan naslga o‗tadi. Ularning orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus-musbat va elliptotsitoz (eritrotsitning ellips shaklida bo‗ lishi)ga nisbatan geterozigotali bo‗ lgan erkak rezus- manfiy va normal eritrotsitli ayolga uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipi foizini aniqlang. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling