Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/81
Sana14.05.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1460617
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
GENETIKA

 
JINS GENETIKASI 
Hayvonlar va o‗simliklarda erkak va urg‗ochi organizmlar nisbati 1 : 1 , ya‘ni erkak va urg‗ochi organizmlar soni taxminan bir-biriga teng 
bo'ladi. 
Sitologik tekshirishlar natijasida urg‗ochi va erkak organizmlar bir-biridan ayrim xromosomalari bilan farqlanishi aniqlangan.
Erkak va urg‗ochi organizmlarning bir-biridan farq qiluvchi xromosomalari jinsiy xromosomalar deyiladi.(xx,xy)
Urg‗ochi va erkak organizmlar kariotipini sitogenetik analiz qilib ularning faqat bir jufti farq qilishi aniqlangan. Bunday xromosomalar 
geteroxromosomalar deyiladi va lotincha X va Y harflari bilan belgilanadi.
Ko‗pchilik turlarda urg‗ochi organizmda bir xil — XX jinsiy xromosomalar,
erkak organizmida esa har xil — XY xromosomalar kuzatiladi. 
Qolgan hamma xromosomalar autosomalar deyiladi (ular erkak va urg‗ochi organizmlarda bir xil bo'ladi). Urg'ochi jins kariotipida jinsiy 
xromosomalar bir xil bo'ladi, ular bir xil gametalarni hosil qilgani uchun gomogametali deyiladi: 
Erkak jinsiy jinsiy xromosomalari har xil bo‗lib, ikki xil gametalarni hosil qilganligi uchun geterogametali deyiladi 
Odamda X xromosomaga bog‗liq belgilarga daltonizm, gemofiliya (retsessiv), tish emali qo‗ng‗ir rangda
bo‗lishi (dominant) misol bo‗la oladi
Y xromosomaga bog'liq belgilar kamroq. Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol bo‗la oladi. 
Jins bir yoki bir necha genning nazorati va ta'siri bilan belgilanadi. Ma‘lumki, jinsni belgilovchi genlar jinsiy xromosomalarda 
(geteroxromosomalarda) joylashgan. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, geteroxromosomalarda jinsni belgilovchi genlar bilan bir qatorda 
organizmning boshqa ko'pgina belgilarini shakllantiruvchi genlar ham joylashgan. Tabiiyki, jinsiy xromosomalardan o'rin olgan mazkur 
genlar guruhi muayyan jins bilan birikkan holda o'ziga xos tarzda nasldan-naslga o'tadi. 
Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar ta'sirida yuzaga chiqadigan belgilarga jins bilan birikkan holda irsiylanish deb ataladi. 
Hozirgi paytda odamlarda jinsiy X yoki Y xromosoma bilan belgilangan belgilar borligi aniqlandi. Jumladan, X— xromosomadagi 
genlar orqali yuzaga chiqadigan 100 dan ortiq belgilar borligi ma‘lum. Bunday belgilar X— xromosoma orqali onadan o'g'il bolalariga
otadan qiz farzandlariga beriladi.
Masalan, gemofiliya, daltonizm, mushak distrofiyasi, tish emalining qorayishi va boshqa kasalliklar.
Ba'zi kasalliklar Y— xromosoma bilan birikkan bo'lib, u otadan faqat o'g'il farzandga beriladi. Masalan, ayrim erkaklar oyog'ining 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling