6-masala. Odamda sistinuriya kasalligining (siydikda sistin
miqdorini ortib ketishi )ma‘lum bir formasi retsessiv belgi sifatida
nasldan-naslga o‘tadi. Odatda geterozigota formalarda siydikda
sistin miqdori ortsa resessiv formalarda buyrakda u sistin toshlarini
hosil qiladi .
a) Nigohlangan qizning siydigida sistin moddasi ortiqcha, sog‘lom
yigitning buyragida sistin toshlari aniqlanmagan bo‘lsa, oilada
mazkur kasallikning turli formalari bilan bolalar tug‘ulish
extimolligi qanday bo‘ladi?
b) Nikohlangan yigit va qizning biri sog‘lom, ikkinchisining
buyragida sistin toshi bo‘lsa oilada bu kasallikning turli formalari
bilan bolalar tug‘ulishi extimoli qanday?
7-masala. G‘o‘zaning och antotsian rangli o‘simliklari o‘zaro
chatishtirishidan 680 ta o‘simlik olindi. Shundan 340 tasi och
antotsian rangli. Qolgan o‘simliklarning qanchasi yashil rangli ?
8-masala. Og‘iz kattaligi o‘rtacha bo‘lgan erkak va ayoldan 4 ta
farzand tug‘ildi. Ularning farzandlarini bittasini og‘zi katta,
bittasiniki kichik, 2 tasi o‘rtacha. Ota-onaning va farzandlarni
genotipini aniqlang.
9-masala. Ko‘z oralig‘i yaqin, ko‘z oralig‘i uzoq bo‘lgan erkak va
ayoldan ko‘z oralig‘i o‘rtach farzand tug‘ildi. Ota-ona va
farzandlarning genotipini aniqlang.
10-masala. Odamlar jingalak sochli (JJ), to‘lqinsimon sochli
(Jj), tekkis sochli (jj) bo‘lishi mumkin. Quydagicha genotipli
odamlar va ularning farzandlarning fenotipini aniqlang.
a)P Jj x Jj ; b) P JJ x jj ; c) P Jj x jj ;
11- masala. Odamlarda sochning jingalak bo‘lishi (J), tekkis
bo‘lishi (j) ustidan qisman dominantlik qilganligi sababli
getrozigota hollarda soch to‘lqinsimon bo‘ladi. Oilada 25%
jingalak, 50% tolqinsimon, 25 % silliq tugilish ehtimolli sodir
bo‘lishi uchun ota-ona genotipi qanday bo‘lishi kerak?
12-masala. Odamlarda sochning jigalak bo‘lishi (J), tekis bo‘lishi
(j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun
geterozigotalilarning sochi to‘qinsimon bo‘ladi. Sochlari
to‘qinsimon bo‘lgan ayol sochlari tekis bo‘lgan erkakga
turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotipi va genotipini
aniqlang.
“Nursux Nuri”ATM Mirzayev Husniddin
Do'stlaringiz bilan baham: |