Mustaqil yechish uchun aralash masalalar
1.Jag'-jag' o'simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo'ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo'lmagan genlar
bilan ifodalanadi. Ikkita o'simlikni o'zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo'lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1
qismi oval shaklli mevalarga ega bo'lgan. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniqlang.
2.Hayvonotchilik xo'jaligida ko'paytiriladigan norka mo'ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki
juftning dominant genlari mo'ynaning qo'ng'ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo'ynaning kumush rangda bo'lishini belgilaydi.
a)Ikki juft genlar bo'yicha geterozigotali norkalarni o'zaro chatishtirishi natijasida qanday avlod hosil bo'lishini aniqlang?
b)Ota-onalar genotipi qanday bo'lganda faqat qo'ng'ir mo'ynali duragaylar hosil bo'ladi?
3.Bug'doy donining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ilbdalanadi va bunda dominant genlar qizil rangni, retsessiv
genlar rangsizlikni ta'minlaydilar.
a) Doni qizil rangli ikkita bug'doyni o'zaro chatishtirib avlodda ajralish kuzatilgan. Duragaylarning 15 qismida doni rangli, 1
qismida — rangsiz bo'lgan. Bo'yalgan donlarning rangi bir xil bo'lmagan. Chatishtirishda
qatnashgan o'simliklarning genotipini va avlodda kuzatilgan rang bo'yicha variatsiyalarni aniqlang.
b) Pushti rangli donga ega bug'doylarni o'zaro chatishtirilsa qanday avlod hosil bo'ladi? Rang bo'yicha ajralish namoyon bo'ladimi?
4.Quyonlarning bir zotining genotipi A
1
A
1
A
2
A
2
bo'lib, ular quloq suprasining uzunligi 28 smga teng, ikkinchi zotini genotipi
a
1
a
1
a
2
a
2
bo'lib, ular quloq suprasining uzunligi 12 sm ga teng. Bunday zotlarni o'zaro chatishtirilsa birinchi avlod duragaylarning quloq
suprasi uzunligi necha santimetr bo'ladi? Ikkinchi avlodda ajralish namoyon bo'ladimi? Nechta genotipik va fenotipik sinflar hosil bo'ladi?
5.Makkajo'xorining so'tasi 24 va 12 sm uzunlikda bo'lgan ikkita navi chatishtirilgan. Agar har bir dominant gen so'taning 6 sm,
retsessiv gen 3 sm uzunligini namoyon qilsa, u holda birinchi avlod duragaylarda so'taning uzunligi qancha bo'ladi? Ikkinchi avlodda
qanday ajralish kuzatiladi? F
2
dagi 960 ta o'simlikdan nechtasi 1 ta, nechtasi 2 ta, nechtasi 3 ta dominant genli bo'ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |