Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 365.71 Kb.
bet42/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

Nokumulyativ polimeriyada

Genotipdagi dominant allel bo‘lmagan genlaming soni nechta bo‘lishiga qaramay, ular bir fenotipli va F2 da ikki juft allel bo‘lmagan dominant genlar belgini keltirib chiqarganda xilma-xillik 15:1, uchta allel bo’lmagan dominant genlar ta’sirida belgining rivojlanishida 63:1 sxemada boladi.

Masalan, achambiti ( Capsella bursa pastoris) o‘simligida qo‘zoq meva uchburchak va tuxumsimon shaklda uchraydi. Agar qo‘zoq mevasi uchburchak achambiti bilan qo‘zoq mevasi tuxumsimon shakldagi achambiti chatishtirilsa, avlodida qo‘zoq mevasining uchburchak shakli dominantlik qiladi. F 1duragaylari o‘zaro chatishtirilgan taqdirda F 2 duragay 15/16 qo‘zoq mevasi uchburchak, 1/16 esa tuxumsimon shaklda boladi.Binobarin belgi ikki juft allel bo’lmagan genlar ta ’sirida rivojlansa, nokumulyativ polimeriya F2 avlodida ikkita fenotipik sinf hosil boladi

1.Odam bo'yi uzunligi bir necha ju ft allelmas genlar tomonidan nazorat qilinadi, bu genlar polimeriya tipida o'za ro munosabatda bo'ladilar. Agar uch ju ft polimer genlarning hammasi retsessiv holatda genotipda uchrasa, b o 'y uzunligi 150 sm, hamma genlar dominant holatda bo'lsa, 180 sm atrofida bo'ladi. Uchala juft genlar bo'yicha geterozigotali bo'lgan odam bo'yinning uzunligini aniqlang.

2.Odam terisining pigmentatsiyasi uchta allelmas dominant genlar tomonidan belgilanadi. Dominant genlar genotipda qancha

ko'p uchrasa teri rangi shuncha qora bo'ladi. Negrlarda genotip A1A1A2A2A3A3. oq tanlilarda esa a1a1a2a2a3a3 bo'ladi. Negr va oq tanlilar avlodi mulatlar deyiladi.Agar ikkita mulatning nikohidan oq tanli bola tug'ilgan bo'lsa, hamma oila a’zolarining genotipini aniqlang.





Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling