Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 365.71 Kb.
|
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]
5-masala. Bug’doyda A1 A2 genlar bahorli hususiyatni a1a2 genlar esa kuzgilik hususiyatni namoyon qiladi A1A1A2A2 genotipga ega formalar bahorlik hususiyatni, a1a1a2a2 genotipli formalarda kuzgilik belgi kuchli ifodalangan bo’ladi. Quyidagi chatishtirishdan olingan formalar genotipi va fenotipini aniqlang
A) A1A1A2A2 x a1a1a2a2 B) A1A1a2a2 x a1a1a2a2 C) A1a1a2a2 x a1a1A2a2 6-masala. Odam terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. BBCC genotipli odamlarning terisi qora. bbcc genotipli odamlarda oq rangda bo’ladi. Genotipida 3 ta dominant gen bo’lsa qoramtr, 2 ta bo’lsa oraliq, 1 ta bo’lsa oqish bo’ladi. Terisi rangi oraliq bo’lgan erkak terisi oqish bo’lgan ayolga uylangan .Ular farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq va oqish,2/8 qismida qoramtir va oq bo’lgan .Erkak va ayolning genotipini aniqlang Terisi oraliq rangda ota-ona terisi qora va oq bo’lgan farzand ko’rishgan .Ota-onaning genotipini aniqlash mumkinmi ? 7-masala. G’o’zaning gultojbarglari asosida antotsian dog’ R1R1R2R2 genlar ta’sirida hosil bo’ladi r1r1r2r2 genli retsessiv formalar gultojbarglarida antotsian dog’ uchramaydi.Gultojbarglari asosida antotsion dog’i bor g’o’za gultojbarglari asosida antotsion dog’i yo’q liniya bilan chatishtirilganda hosil bo’lgan F1 va F2 duragaylarining genotipi va fenotipini aniqlang . 8-masala. Izoh. Odamlarning bo’yining uzunligi (180 sm ) 3 juft polimer ta’sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq. Uch juft geni bo’yicha geterozigota odamlarning bo’yining uzunligini aniqlang. 9-masala. Izoh. Odamlarning bo’yining uzunligi (180 sm ) 3 juft polimer ta’sirli dominant, pastligi (150 sm ) esa uch juft retsessiv genlarga bogliq. O”rta bo’li erkak va past bo’yli avloddan 4 ta farzand tugiladi. Ularning bo’lari 165, 160, 155, 150 sm. Ota va onaning genotipini va bo’y uzunligini toping. 10-masala. Jag`-jag` o’simligining mevasi uchburchakli va oval shaklda bo’ladi. Mevaning shakli ikki juft birikmagan, allel bo’lmagan genlar bilan ifodalanadi. Ikkita o’simlikni o’zaro chatishtirish natijasida avlodda ajralish namoyon bo’lib, ularning 15 qismi uchburchakli va 1 qismi oval shaklli mevalarga ega bo’lgan. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniklang. 11- masala. Hayvonotchilik xo’jaligida ko’paytiriladigan norka mo’ynalarining rangi ikki juft birikmagan, noallel genlar bilan ifodalanadi. Ikki juftning dominant genlari mo’ynaning qo’ng`ir rangini, ularning retsessiv allellari esa mo’ynaning kumush rangda bo’lishini belgilaydi. a) Ikki juft genlar bo’yicha geterozigotali norkalarni o’zaro chatishtirish natijasida qanday avlod hosil bo’lishini aniqlang? b) Ota-onalar genotipi qanday bo’lganda faqat qo’ng`ir mo’ynali duragaylar hosil bo’ladi ?
a)Doni qizil rangli ikkita bug`doyni o’zaro chatishtirib avlodda ajralish kuzatilgan. Duragaylarning 15 qismida doni rangli, 1 qismida –rangsiz bo’lgan. Bo’yalgan donlarning rangi bir xil bo’lmagan. Chatishtirishda qatnashgan o’simliklarning genotipini va avlodda kuzatilgan rang bo’yicha variatsiyalarning aniqlang. b)Pushti rangli donga ega bug`doylarni o’zaro chatishtirilsa qanday avlod hosil bo’ladi? Rang bo’yicha ajralish namoyon bo’ladimi?
Download 365.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling