Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Bitta gen bir qancha belgilarni yuzaga chiqarishiga


Download 365.71 Kb.
bet48/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

Bitta gen bir qancha belgilarni yuzaga chiqarishiga PLEYOTROPIYA DEYILADI.

Pleyotropiya allel b o im ag an genlarni o ‘zaro ta ’sirining teskari hodisasidir. Agar allel boim agan genlaming o ‘zaro ta’sirida ulaming ikki, uchtasi bir belgining rivojlanishiga ta ’sir ko‘rsatsa, pleyotropiyada aksincha, bir gen bir vaqtning o ‘zida bir necha belgining rivojlanishini ta’minlaydi. Masalan, sherozi qo‘y zotida A dominant geni yungning kulrang, ageni esa qora rangda bo‘lishiga ta’sir qiladi. A geni gomozigota, AA holatda bo’lsa qo‘zichoqlar o’lik tug’ilad i. Binobarin, AA geni qo‘zichoqlar yungi kulrang bo‘lishini taminlab, ayni vaqtda ulaming yashab qolishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqacha aytganda letallik funksiyasini ham bajaradi. Boshqa misol. Sichqonlaida yungning sariq rangini AY dominant gen, qora rangini aretsessiv geni belgilaydi. Agar dominant gen genotipda gomozigota holatida AYAY bo‘lsa. bunda sichqonning xayotchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib o‘limga olib keladi.

Genlarning pleyotrop ta ’siri, xususiyatlari yaxshi o‘rganilgan. Bitta gen ishtirokida hosil bo’lgan ferment faqat bitta belgini aniqlab qolmasdan ikkilamchi belgilarning hosil bo’lishiga ham o‘z ta’sirini ko'rsatib, ularning o‘zgarishiga olib keladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta Mendel tomonidan aniqlangandi.

Mendelning kuzatishicha to‘q qizil gulli o ‘simliklar bargining asosida qizil dog’lar bo’lib, urug’larning po'sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir bo’ladi. Bu uchta belgi bitta irsiy omil bilan yuzaga chiqishini tushuntiradi.

Drozofila pashshalarining ko‘zining oq rangda bo’lishligini belgilovchi gen bir vaqtning o‘zida tananing rangiga, qanotining uzunligiga, jinsiy organining tuzilishiga o‘z ta ’sirini ko‘rsatib, uning serpushtligini susaytiradi, yashash muddatini (umrni) qisqartiradi. Odamlarda uchraydigan albinizm bitta genning mutatsiyaga uchrashi natijasida sodir bo’ladi. Albinos odamlarda terida melanin bo’lmaganligi tufayli terisi rangsiz (oq sariq) bo’ladi, shuning uchun quyosh nuri ta’sirida terisi juda tez kuyadi, sochlari, kipriklari va qoshlarirangsiz, ko'zining kamalak pardasi ayrim holatlarda qizargan bo‘lib,ko‘zi yorug‘likka chidamsiz, ko‘rish qobiliyati esa susaygan bo‘ladi.

Genlarning pleyotrop ta ’siri birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin.

Genlarning birlamchi pleyotrop ta’sirida bitta o‘zgargan genning ko‘pchilik belgilarga ko‘rsatgan ta’siri bir vaqtning o'zida yuzaga chiqadi. Natijada shunday pleyotrop geni bo‘lgan organizmda bir vaqtning o‘zida bir qancha fenotipik belgilami kuzatish mumkin.Genlarning birlamchi pleyotrop ta’siriga xartnepa kasalligini misol qilib olsak bo‘ladi. Bu kasallikda bitta genning o‘zgarishi triptofan aminokislotasining ichak va buyrak kanalchalarida so‘rilishining (reabsorbsiya) buzilishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda, ichak va buyrak kanalchalari epitelial hujayralarining tashqi membrana qavatida baravariga o‘zgarish bo‘lib, ovqat hazm qilish va ayirish jarayonlari buziladi.

Genlarning ikkilamchi pleyotrop ta’sirida esa bitta genning o'zgarishi natijasida hosil bo'lgan dastlabki belgidan keyin yana birin ketin bir necha fenotipik belgilar rivojlanadi. Masalan, odamlarda uchraydigan eritrositlarning

o‘roqsimon bo‘lib qolganligi natijasida yuzaga chiqadigan kamqonlik (anemiya) kasalligida bitta genning o‘zgarishi natijasida yuzaga chiqaradigan dastlabki belgilardan biri gemoglobinning o‘zgarishi va eritrositning

o‘roqsimon shaklga o‘tishidir. Shundan keyin birin-ketin yana boshqa belgilar paydo bo‘la boshlaydi, ya’ni eritrositlaming bir-biriga yopishib qolishi, ulaming buzilishi, kamqonlik, yurakda, buyrakda va bosh miyada o‘zgarishlar sodir bo‘ladi

Pleyotropiya gen ta’sirining o'ziga xos ko'rinishidir. Masalan, araxnodaktiliya („o'rgimchak barmoqlilik") kasalligida (Marfan sindromi ham deyiladi) mutatsiyaga uchragan gen bir vaqtning o'zida o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta belgining yuzaga chiqishini belgilaydi. Ko'z gavhari tuzilishida, tayanch harakat va yurak-qon tomirlar sistemalarida buzilishlar kuzatiladi


.


Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling