Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat
Download 365.71 Kb.
|
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]
JINS GENETIKASI
Hayvonlar va o‘simliklarda erkak va urg‘ochi organizmlar nisbati 1 : 1 , ya’ni erkak va urg‘ochi organizmlar soni taxminan bir-biriga teng bo'ladi. Sitologik tekshirishlar natijasida urg‘ochi va erkak organizmlar bir-biridan ayrim xromosomalari bilan farqlanishi aniqlangan. Erkak va urg‘ochi organizmlarning bir-biridan farq qiluvchi xromosomalari jinsiy xromosomalar deyiladi.(xx,xy) Urg‘ochi va erkak organizmlar kariotipini sitogenetik analiz qilib ularning faqat bir jufti farq qilishi aniqlangan. Bunday xromosomalar geteroxromosomalar deyiladi va lotincha X va Y harflari bilan belgilanadi. Ko‘pchilik turlarda urg‘ochi organizmda bir xil — XX jinsiy xromosomalar, erkak organizmida esa har xil — XY xromosomalar kuzatiladi. Qolgan hamma xromosomalar autosomalar deyiladi (ular erkak va urg‘ochi organizmlarda bir xil bo'ladi). Urg'ochi jins kariotipida jinsiy xromosomalar bir xil bo'ladi, ular bir xil gametalarni hosil qilgani uchun gomogametali deyiladi: Erkak jinsiy jinsiy xromosomalari har xil bo‘lib, ikki xil gametalarni hosil qilganligi uchun geterogametali deyiladi Odamda X xromosomaga bog‘liq belgilarga daltonizm, gemofiliya (retsessiv), tish emali qo‘ng‘ir rangda bo‘lishi (dominant) misol bo‘la oladi Y xromosomaga bog'liq belgilar kamroq. Ularga gipertrixoz, sindaktiliya misol bo‘la oladi. Jins bir yoki bir necha genning nazorati va ta'siri bilan belgilanadi. Ma’lumki, jinsni belgilovchi genlar jinsiy xromosomalarda (geteroxromosomalarda) joylashgan. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, geteroxromosomalarda jinsni belgilovchi genlar bilan bir qatorda organizmning boshqa ko'pgina belgilarini shakllantiruvchi genlar ham joylashgan. Tabiiyki, jinsiy xromosomalardan o'rin olgan mazkur genlar guruhi muayyan jins bilan birikkan holda o'ziga xos tarzda nasldan-naslga o'tadi. Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar ta'sirida yuzaga chiqadigan belgilarga jins bilan birikkan holda irsiylanish deb ataladi. Hozirgi paytda odamlarda jinsiy X yoki Y xromosoma bilan belgilangan belgilar borligi aniqlandi. Jumladan, X— xromosomadagi genlar orqali yuzaga chiqadigan 100 dan ortiq belgilar borligi ma’lum. Bunday belgilar X— xromosoma orqali onadan o'g'il bolalariga, otadan qiz farzandlariga beriladi. Masalan, gemofiliya, daltonizm, mushak distrofiyasi, tish emalining qorayishi va boshqa kasalliklar. Ba'zi kasalliklar Y— xromosoma bilan birikkan bo'lib, u otadan faqat o'g'il farzandga beriladi. Masalan, ayrim erkaklar oyog'ining panjalari orasida parda(sindaktiliya) bo'lishi Y— xromosoma bo'lishi bilan bog'liq. Belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanish aksariyat ko'pchilik organizmlarda jinsiy X— xromosoma bilan bog'liq bo'lganligi bois masala yechishga kirishishdan oldin, chatishtirilayotgan indivilarning qaysi jinsi gomozigotali va qaysi jinsi geterozigotali ekanligini aniqlab olish zarur.
Jinsiy X— xromosomaga birikkan belgilar. Masalalar. 1. Normal rang ajratish geni (dominant) va daltonizm geni (retsessiv) X xromosomaga joylashgan. Daltonik erkak kishi sog'lom ayolga uylanganda oilada daltonik qiz tug‘ ildi. Ota-ona genotipini aniqlang. 2. Y xromosomaga bog‘ liq bo'lgan gipertrixoz belgisi bola 17 yoshga to‘ lganidan keyin yuzaga chiqadi. Ixtiozning bir shakli retsessiv belgi bo'lib, X xromosoma bilan bog'liq. Har ikkala belgi bo'yicha normal ayol bilan gipertrixoz erkak oilasida ixtioz belgisiga ega bo'lgan o 'g'il tug'ilgan. Shu bolada gipertrixoz belgisi bo'lishi mumkinmi? Ikkita belgi bo'yicha normal farzand tug'ilishi mumkinmi? U qanday jinsli bo'ladi? 3. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-soqov erkak sog'lom ayolga uylanganda oilada bitta o 'g'il daltonik, kar-soqov, bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo'lib tug'ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo'yicha ham kasal qiz tug'ilishi mumkinmi? 4. Odamlarda katarakta va polidaktiliya autosomaga joylashgan dominant gen tomonidan yuzaga chiqariladi. Bu genlar o‘ zaro to'liq bog‘langan (krossingover kuzatilmaydi). Ikkala belgi bo‘yicha geterozigotali ayol va erkak nikohidan fenotip va genotip bo‘yicha qanday avlod kutish mumkin? 5. Odamda rezus-omil geni bilan eritrotsitning shaklini belgilaydigan gen birikkan holda nasldan naslga o‘tadi. Ularning orasidagi masofa 3 morganidaga teng. Rezus-musbat va elliptotsitoz (eritrotsitning ellips shaklida bo‘ lishi)ga nisbatan geterozigotali bo‘ lgan erkak rezus-manfiy va normal eritrotsitli ayolga uylangan. Farzandlarning genotipi va fenotipi foizini aniqlang.
Download 365.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling