Jinsni genetik aniqlashning asosiy turlari
Genetikaning klassik obyekti — meva pashshasining urg'ochisi gomogametali jins /XX/ erkagi geterogametali jins hisoblanadi /XY/. Tajribalarda aniqlanishicha, drozofila ko'zining qizil rangda bo'lishini belgilovchi / W/ geni va oq rangini esa uning retsessiv alleli "w" ta'min etib, ham ularning har ikkalasi X—jinsiy xromosomada joylashgan. Y—jinsiy xromosomada esa ularning allellari mavjud emas.
1. Agarda qizil ko'zli urg'ochi pashsha geterozigota genotiplik bo'lsa /XW XW/, uning bitta X— xromosomasida dominant gen
"W", ikkinchisida retsessiv gen "w" joylashadi. Shunga ko'ra gametogenez jarayonida urg'ochi pashshalar ikki xil tipda gametalar hosil qiladi:
XW va X w xromosomalik.
Fenotip: qizil ko'zli urg'ochi pashsha.
Genotip: geterozigota XW Xw
Gametalar: XW Xw
tuxum hujayrasi tuxum hujayrasi
2. Qizil ko'zli erkak pashshaning X— xromosomasida dominant gen "W" joylashgan bo'lib, uning jufti Y— xromosomada esa rang tashuvchi gen yo'q. Zero, erkak pashsha ham ikki tipdagi urug' hujayralari hosil qiladi. Dominant genga ega X— xromosomalik /XW/ va Y— xromosomalik.
Fenotip: qizil ko'zli erkak pashsha.
Genotip: XWY
Gametalar: XW Y
urug' hujayrasi urug' hujayrasi
Shuni ta'kidlash lozimki, tasvirdan ko'rinishicha, "W" geni bo'yicha erkak pashshalarni na gomozigota, na geterozigota deb atasa bo'ladi. Bunday genotiplik individlarni gomozigota deb atash qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |