Genetika genetika so'zi grekcha genetikos — tug'ilishga taalluqli, aloqador degan so'zdan olingan. Genetika barcha tirik organizmlarga xos bo'lgan xususiyat — irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Irsiyat


Download 365.71 Kb.
bet38/74
Sana08.01.2022
Hajmi365.71 Kb.
#241612
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
2018-yil Genetika 1-qism [uzsmart.uz]

EPISTAZ TA'SIRI

E p i s t a z — bir genning unga noallel ikkinchi gendan ustun kelishi. Epistaz dominant yoki retsessiv bo'lishi mumkin. Agar dominant gen ustunlik qilsa dominant epistaz, retsessiv gen ustun bo'lsa retsessiv epistaz deyiladi. o'ziga allel bo'lmagan bironta genning ta'sirini to'sib, o'zining belgisini yuzaga chiqaruvchi genga epistatik, belgisini yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi. Genlarning epistatik ta'siri otlarda yaxshi o'rganilgan, lekin odamlarda uncha yaxshi o'rganilgan emas. Hozirgi paytda epistaz quyidagi organizm belgilarining irsiylanishiga xosligi aniqlangan.

Epistaz - bitta gen ta ’sirining unga allel bo’lmagan ikkinchi gen ta’siridan ustun bo‘lishi. Lekin ayrim holatlarda epistaz retsessiv gen ta’sirida ham yuzaga chiqishi mumkin. Shunga ko‘ra genlarning epistaz ta’sirini ikkiga, ya’ni dominant va retsessivga ajratiladi.

Dominant epistazda bitta dominant gen ta’sirida ikkinchi dominant gen o‘z belgisini yuzaga chiqarolmaydi (A > B)

Retsessiv epistazda esa retsessiv gen ta’sirida dominant gen o‘z belgisini yuzaga chiqarolmaydi (a > D).

O‘ziga allel bo‘lmagan bironta genning ta’sirini yo‘qotib, o‘zining belgisini yuzaga chiqaruvchi genga — epistatik, belgisini yuzaga chiqara olmaydigan genga gipostatik gen deyiladi.

Genlarning epistaz ta’siri otlarda yaxshi o‘rganilgan. Kulrang ot (CCbb) qora ot (ccBB) bilan chatishtirilsa, birinchi avlod duragaylarining genotipi CcBb bo‘lib, hammasi kulrang boiadi. Duragaylaming kulrang bo‘lishi С genining В gen ustidan dominantlik qilishini ko‘rsatadi.

Birinchi avlod duragaylarini o‘zaro chatishtirilganda ikkinchi avlodda fenotip bo‘yicha belgilar 12:3: 1 nisbatda ajraladi. Dominant С geni bo‘lgan hamma duragaylaming rangi kulrang, В genlari bo'lgan duragaylaming rangi qora, ikkala retsessiv alleli bo'lgan duragaylar esa malla rangli bo‘ladi. Ayrim holatlarda, dominant epistazda, ikkinchi avlodda belgilarning ajralishi 13:3 nisbatda ham bolishi mumkin.

Masalan, oq tovuqlami o‘zaro chatishtirilganda shunday natija olinadi

Retsessiv epistazda esa ajralish 9 : 3 : 4 nisbatda bo’ladi.

Genlarning epistaz ta’siri odamlarda uncha yaxshi o ‘rganilgan emas.

Odamlarda epistaz ta’sirga „bombey fenomeni“ misol bo‘la oladi. IA, IB allellar retsessiv gomozigota holidagi boshqa allel (hh) bilan birga genotipda uchraganda (IAIAhh , IBIB hh) II yoki III emas, balki I qon guruhida kuzatiladi. Odamlarda 4 xil qon guruhi

bo‘lib? uning antigenlar OO-I, AA AO-II, BB, BO-III, AB-IV hisoblanadi. Lekin A-B dominant genlar o‘z faoliyatini genotipda hh ingibitor genlar boimagandagina bajaradilar. Aks holda hh gomozigota holatda yuqoridagi A-B genlar faoliyatini bokg‘adilar, oqibatda II, III, IV qon guruhlari o‘miga odamlarda birinchi qon guruhi rivojlanadi


Download 365.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling