Genetika organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Irsiyat bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir


Mendel tomonidan o‘rganilgan no‘xat o‘simligining irsiy belgilari


Download 19.28 Kb.
bet2/2
Sana29.09.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1690033
1   2
Bog'liq
Genetika asoslari

Mendel tomonidan o‘rganilgan no‘xat o‘simligining irsiy belgilari

Belgilar

Dominant

Retsessiv

don shakli
don rangi
gul rangi
poya uzunligi
dukkak shakli

silliq
sariq
qizil
uzun
oddiy dukkak

burishgan
yashil
oq
kalta
bo‘g‘imli dukkak

Mendel tekshirishning gibridologik usulini — ma’lum belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatishtirish usulini qo‘lladi va kuzatilayotgan belgilarning bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo‘lishini o‘rgandi. U tahlil qilish yo‘li bilan o‘simliklarning juda ko‘p turli-tuman belgilaridan bitta yoki bir-biriga qarama-qarshi bir nechta belgilarini ajratib oldi va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo‘lishini kuzatdi. Mendel tajribalarining mohiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo‘lishini miqdor jihatidan aniq hisobga olib borishida bo‘ldi. Bu unga irsiyatdagi muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi. Mendel qo‘llagan usul — duragaylash yoki chatishtirish usuli deb ataladi.



Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan — irsiy jihatdan bir juft belgisi bilan farq qiladigan ota-ona organizmlarni chatishtirishdan boshladi. Doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq bo‘ladi. Qarama-qarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi. Shuningdek, doni silliq va burishgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda birinchi avlod (F1 ) silliq donli bo‘lgan, qizil va oq gulli no‘xatlarni o‘zaro chatishtirilganda F1 (birinchi bo‘g‘in) qizil gulli bo‘lgan. Mendelning birinchi avlod duragaylarining bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F1 duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib qoladi. Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni — dominantlik qonuni yoki birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi. Ko‘zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq silliq formalari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidan dominantlik qiladi. Qarama-qarshi, F1 da namoyon bo‘lmaydigan belgi retsessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, misol uchun (A) retsessiv belgi esa kichik harf (a) bilan belgilanadi. Agar organizm genotipida ik kita bi r xil genlar bo‘lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo‘ladi. Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkinchisi retsessiv (Aa yoki Bb) bo‘lsa, bunday genotipli organizm geterozigota organizm deyiladi. Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota-ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo‘ladi. No‘xat o‘simligining doni rangi (sariq va yashil) va donining shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan navlarni o‘zaro chatishtirib, F1 bo‘g‘inda olingan natijalarni ko‘ramiz.
Chala dominantlik. Birinchi avlod duragaylari bir xil bo‘ladi degan qonun yuqorida ko‘rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, duragaylarning hammasi sirtdan ona yoki otaga o‘xshash, ya’ni dominantlik namoyon bo‘lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham kuzatilavermaydi. Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki — oq. Birinchi avlod duragaylarining hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.
Chala dominantlik keng tarqalgan hodisadir. Chala dominantlik, ya’ni oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi, andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va boshqalarda kuzatiladi.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling