Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Давлат геодезик тармоқлари: планли ва баландлик
Download 395.5 Kb.
|
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Масштаб аниқлиги Карта, план ва улар орасидаги фарқ.
Давлат геодезик тармоқлари: планли ва баландлик.
Berilgan katta yoki kichik joyning plan, karta va profilini chizish uchun avval shu joyda yuqorida tanishilgan s’yomka usullarining biri bilan gorizontal yoki vertikal s’yomka ishlari olib boriladi. S’yomka natijalarining to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishi uchun ularni ilmiy asoslab, bir sistemada olib borish kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, hamma vaqt har qanday geodezik ish «umumdan bo‘lakka o‘tish» deyiladigan qoida asosida olib boriladi. Bu qoida tatbiq etilganda o‘lchash va hisoblash davrida sodir bo‘ladigan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va tuzatishga imkoniyat tug‘iladi. Umumdan bo‘lakka o‘tish usulining mohiyati shundaki, avval joyda bir necha nuqtalar o‘rni, masalan, koordinatalari yoki balandliklari yuqori aniqlik bilan topiladi va ular bosh tayanch nuqtalar deyiladi. Keyin bu tayanch nuqtalar asosida shu nuqtalar atrofida ikkinchi darajali nuqtalar olinadi.Ular son jihatidan ko‘proq va bir–biriga yaqinroq bo‘lib, ularda o‘lchash aniqligi ham kamroq bo‘ladi. Keyin bu nuqtalar asosida uchinchi darajali bir necha nuqta topiladiki, bular ikkinchi darajali tayanch nukta bo‘ladi. Bu nuqtalar oralig‘i yana kichikroq va o‘lchash aniqligi ham yana kamroq bo‘ladi. Shu yo‘l bilan topilgan nuqtalardan yasalgan ko‘p burchaklik geodezik tarmoqlar deyilib, bunda quyi darajadagi tayanch nuqtalar yuqori darajadagi tayanch nuqtalarga asoslanadi. Bu tayanch nuqtalar to‘ri pgayanch nuqtalar tarmog‘i ham deyiladi. Koordinata va balandliklari ma’lum va to‘rli masofalarda yerga mustahkam o‘rnatilgan tayanch punktlar tarmog‘i davlat geodezik tarmoq–lari deb ataladi. Tarmoqlar va ulardagi punktlar geodeziya va kartografiya bosh boshqarmasi tuzgan loyihaga binoan o‘rnatiladi. Масштаб аниқлиги Карта, план ва улар орасидаги фарқ. Yer yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yo‘l, kanal, tog‘–tepa, soy kabi joylar yuzasini xarakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekkslikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin. Plan. Joy kichik bo‘lagining Yer egriligini xisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsaqilib, joyning baland–pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi. Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini Yerning egriligiii hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun Yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar turli masshtabda tuzila–di. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi: a) yirik masshtabli karta– lar bu kartalarga masshtabi 1:100 000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; b) o‘rta masshtabli kartalar; bular jumlasiga masshtabi 1:100000 gacha bo‘lgan kartalar kiradi; v) mayda massh-tabli kartalar; bularga masshtabi 1:1000000 dan kichik bo‘lgan kartalar kiradi. Yirik masshtabli kartalar topografik kartalar bo‘ladi. Joyning relefi gorizontallar bilan tasvirlanadi. O‘rta masshtabli kartalar obzor topografik kartalar deyiladi. Mayda massh-tabli kartalar geografik kartalar bo‘ladi. Download 395.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling