Геодезия фанидан якуний назорат саволлари


Download 395.5 Kb.
bet22/54
Sana23.04.2023
Hajmi395.5 Kb.
#1383482
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
Инженерлик геодезияси фанидан якуний назорат саволлари

Тузувчи: М.Атаков







Тасдиқлайман
Ер тузиш ва ердан фойдаланиш кафедраси мудири ___________ C.Асатов

Геодезия фанидан якуний назорат саволлари
Вариант-18

  1. Ернинг шакли ва ўлчамлари хақида тушунча.

Yerning o‘lchamlarini aniqlovchi a ,b va α lar yer ellipsondining parametrlari deyiladi. Yerning matematik shakli yuzasini o‘rganishda shunday ellipsoid tanlanadiki, u o‘z parametrining qiymatlari jihatidan geoidga yuqoridagi shartlar asosida eng yaqin keladigan va yerning tanasiga yaxshi joylashadigan bo‘lsin. Bunday yer ellipsoidiga referens-ellipsoid deyiladi. Yer sharini kattaligini aniqlash bilan juda qadimdan shug‘ullanganlar. Eramizdan avval yashagan Pifagor asarlarida yer shar shaklida bo‘lsa kerak degan fikrni uchratish mumkin. Aristotel asarlarida esa yerni shar shaklida ekanligi haqida dalillar keltirilgan. Yerni kattaligini aniqlash metodini eramizdan oldingi Eratosfen asarlarida uchratish mumkin. Mamun xalifaligining siyosiy va ilmiy markazi bo‘lgan Bog‘dod shahari observatoriyasida ishlagan xorazmlik ulug‘ matematik va astronom, xozirgi zamon algebrasining asoschisi Muxammad ibn Musa al- Xorazmiy o‘z asarlarida yer shaklini ilmiy asoslab bergan. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o‘zining 2 tomlik «Geodeziya» asarida yer shaklini ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganib jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlarini keyinchalik Yevropa olimlari o‘rganib revojlantirdilar.
Yer shari kattaligini aniqlashning geodezik metodi gradus o‘lchashlar metodi deb yuritiladi:
R=(360˚/2ᴨ)S S-meridianning 1˚yoyi uzunligi
S=D/∆φ R-meridian aylanmasining radiusi



  1. Абсолют ва шартли баландликлар.

Nuqtalar holatini aniqlash masalasi bu nuqtalar gorizontal proeksiyalarini va ularning sathiy sirtidan balandliklarini topishdan iborat bo‘ladi. Nuqtalarning gorizontal holati geografik (kenglik φ va uzoqlik λ) va to‘g‘ri burchakli (abssissalar x va ordinatalar u) koordinatalar bilan aniqlanadi. Agar joyning ABCD to‘rtburchagi o‘lchamlari katta bo‘lmasa (rasm, b), uni sathiy P sirtga loyihalashda gorizontal P tekislik bilan almashtirish mumkin.
Joy nuqtasidan o‘tuvchi sathiy sirtdan sanoq boshlanishi deb qabul qilingan sathiy sirtgacha bo‘lgan masofa balandlik deyiladi. Balandlikning sonli qiymat belgi deb ataladi. Gorizontal Р sathiy sirtdan sanaladigan balandliklar Нa, Нb, Нс, Нd, absolyut (mutlaq) balandliklar, istalgan Р' sirtga keltirilgan balandliklar shartli balandliklar deyiladi. MDH da mutlaq balandliklar sanoq boshi qilib Boltiq dengizi suvi o‘rtacha sathini belgilovchi Kronshtadt futshtoki (mis taxtasi) noli qabul qilingan, bo‘nga Boltiq balandliklar sistemasi deyiladi.
Agar joyning A va В nuqtalaridan sathiy sirtlar o‘tkazilgan deb faraz qilinsa, unda balandliklar farqi Aa-Вb=h nicbiy balandlik (orttirma) deyiladi. Bir nuqta-ning ikkinchi nuqtadan nisbiy balandligini va nuqtalardan birining balandligini bilgan holda boshqa nuqtaning balandligini topish mumkin




  1. Download 395.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling