Geodeziya, kartografiya, geografiya
III BOB. GEODEZIYANING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma
III BOB. GEODEZIYANING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
3.1. Geodeziyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati Yerning shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzining topografik karta, plan va profillarini tuzish ilmiy jihatdagina emas, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyatga ega. Yerning shakli va kattaligi to’g’risidagi ma’lumotla yer yuzida turli geometrik masalalarni yechish, yer yuzini globus va geografik kartalarda tasvirlash, yerning suniy yo’ldoshlari kosmik kemalar va raketalarni uchurish, aviatsiya, dengiz va okeanlarda kemalarni boshqarish, shuningdek radioaloqalar va televedeniya uchun kerak. Topografik karta va plan territoriyani o’rganish, o’lchashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ilmiy tekshirish va xo’jalik ishlarida muhim o’rin tutadi.Topografik karta unda tasvirlangan territoriyaga bormasdan bu territoroya bilan tanishish va uni o’rganish, undagi geografik obyektlarni soni va sifatini, joylanishi, o’zaro aloqasi, bir biriga bog’liqligini hamda tarqalish qonuniyatlarini bilib olish imkoniyatini beradi. Bu topografik kartaning muhim hususiyatlaridan biri hisoblanadi Geologlar topografik karta va aerofotosyomka materiallaridan foydalanib territoriyani geologik jihatdan o’rganish va geologik kartalar tuzish bilan birga, turli foydali qazilmalarni qidirib topish, ularning zaxiralarini aniqlash, hilma-hil rangli metallar, neft va gaz, qurilish materiallari hamda boshqa konlarni o’zashtirish tadbirlarini ishlab chiqdilar. Gidroresurslarni o’rganishda, gidrotexnika inshootlarini qurishda topografik karta va aerofotosyomka materilallari muhim ro’l o’ynaydi.Volga, Dnepr, Angara, Sirdaryo, Amudaryo va shu kabi boshqa daryolarda yirik gidrotexnika inshootlari qurish ishini topografik kartasiz va aniq geodezik o’lchashlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. To’g’on, gidroelektr stansiya quriladigan kanallar o’tkaziladigan joylar topografik kartalar yordamida o’rganiladi va aniqlanadi. Bunday inshootlarni loyihalash, loyihalarni joyga ko’chirish va inshootni bevosita qurishdagina emas hatto qurilib bo’lgan inshootlarning loyihaga muvofiqligini tekshirishda ham geodezik ishlar bajariladi. Foydalanilayotgan inshootda ro’y berayotgan deformatsiyalarni aniqlashda esa geodezik o’lchash metodlari qo’llaniladi. Geodezik ishlar sanoat va uy-joy qurilishi, yo’l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega. Har qanday bino, uy va yo’l qurilishining samaradorligi, qurilish narxi, ulardan foydalanish iqtisodiy ko’rsatkichlari asosan geodezik ishlarning qanchalik aniq bajarilganligiga va geodezik ma’lumotlardan qanchalik to’g’ri foydalanilganligiga bog’liq. 41
3.1.1-rasm.Joyda o’lchash ishini bajarish. Yangi shahar va qishloqlarni barpo etish, aholi yashaydigan punktlarni planlashtirish, ularni obodonlashtirish va qayta qurish loyihlarini tuzish kabi muhim masalalarni geodezik ishlarsiz va topografik kartalarsiz amalga oshirib bo’lmasligi turgan gap. Geodezik o’lchash ishlari topografik kartalar va aerofotosyomka materiallari mamalikatimiz mudafa qobiliyatini oshirish vositalaridan biridir. Topografik karta va aerosuratlardan taktik, strategik masalalarni hal qilishda hamda boshqa harbiy ishlarda keng foydalanadi. Umuman geodeziya mamlakatimiz xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirishda va mudofa qobiliyatini oshirishda juda muhim ahamiyatga ega. Geodeziyani rivojlanishida O`rta Osiyo olimlari, shular qatorida Beruniy, Ahmad Farg’oniy, al-Xorazmiy ham o`z xissasini qo`shgan. Mustaqil O`zbekistonda ham hozirgi kunda “Yergeodezkadastr”davlat qo`mitasi va uning korxonalari tomonidan turli xil geodezik ishlar amalga oshirilmoqda.
Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling